Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Yaqin hamkorlik o‘z natijasini bermoqda
Bugun “Koreya-O‘zbekiston” biznes assotsiatsiyasining (KUBA) direktorlar kengashi raisi Kim Chang Keon boshchiligidagi koreyalik ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani Guliston shahridagi "Tadbirkorlar va hunarmandlar" markazida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev qabul qildi.

Muloqot mobaynida hamkorlik aloqalarining istiqbollari borasida fikr almashildi.

Bo‘lib o‘tayotgan ikki tomonlama muloqotlarning samarasi o‘laroq qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarish, taʼlim, favqulodda vaziyatlar bilan kurashish, shuningdek, viloyatda Koreya standartlaridagi shaharsozlik normalarini joriy etish borasida amaliy natijalarga erishilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Aytish lozimki, bugungi uchrashuv Janubiy Koreya bilan hamkorlikda viloyatda shahar infratuzilmasini rivojlantirish va maktabgacha taʼlim sohasida boshlangan muzokaralarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratdi.

Samimiy va ishchanlik ruhida kechgan muloqot davomida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Xususan, tez orada Guliston shahrida qator afzalliklarga ega, qiymati 50 million AQSH dollariga teng bo‘lgan “Aqlli shahar” barpo etishga kirishiladi.

“EduLink Global” kompaniyasi tomonidan “Guliston New City” loyihasi doirasida Janubiy Koreya tajribasi asosidagi maktabgacha taʼlim muassasasi qurilishi ham nazarda tutilmoqda.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar yuqoridagi loyihalarni amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hudud infratuzilmasi bilan ham tanishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish