Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun

Vaqtincha qayd etish, shaxsining o‘zi belgilagan istiqomat joyida bo‘lishi davrida amalga oshiriladi.

Vaqtincha qayd ettirish uchun O‘zbekiston fuqarolari quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Turar-joyni sotib olish haqida shartnoma yoki tegishli organlar tomonidan berilgan order,

3-shakl bo‘yicha ariza,

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti,

Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvoxnoma – 16 yoshga to‘lmagan, ota-onalaridan (vasiylar va xomiylardan) alohida yashovchi shaxslar uchun, Davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksning 93-moddasida deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov o‘tkaziladi.

Saylov tegishli mahalliy Kengash tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganida, uchastka saylov komissiyalari esa o‘n besh kun qolganida tuziladi.

Tegishli mahalliy Kengashning vakolat muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning o‘rni bo‘shab qolgan taqdirda, bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 140-moddasida qayd etilanidek, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish - bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Haqorat qilish:

a) jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;

b) xavfli residivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 433-moddasiga ko‘ra, mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Mazkur kodeksning 436-moddasida soliq imtiyozlari belgilangan bo‘lib, 3-bandiga asosan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘i to‘lovidan ozod qilingan.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 132-moddasida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Ushbu Kodeksning 130-moddasida ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi. 

Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga (uzluksiz ishlaydigan korxonalar, ob’yektlarni qo‘riqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash kabilarga) ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Shuningdek, Mehnat Kodeksining 220-moddasi beshinchi qismiga muvofiq nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

Bayram (ishlanmaydigan) dam olish kunlarida bajarilgan ishlar uchun kompensasiya va haq to‘lash ushbu Kodeksning 157-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Himoya orderi – tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjat. Himoya orderi yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika (katta) inspektori tomonidan beriladi.

 Himoya orderini berishga quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:

  • tazyiq va zo‘ravonlik jabrlanuvchisining murojaati;
  • jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, jumladan ommaviy axborot vositalari va (yoki) ijtimoiy tarmoqlar orqali shu mazmunda beriladigan xabarlar;
  • tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
  • davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.

2016 yil 25 iyuldagi Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim muassasasiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo‘lib hisoblanadi.

Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta’lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi. Demak, siz MTM rahbariyatiga bu haqda oldindan ariza (bildirishnoma) bilan murojaat qilishingiz zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli Qarorga asosan, quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

- ko‘chmas mulk ob’yekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’yektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

- ko‘chmas mulk ob’yektining bir qismi begonalashtirilganda ob’yektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

- kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob’yekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Mehnat kodeksining 107-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi va buyruq bilan rasmiylashtirilishi belgilangan.

Shuningdek, kodeksning 15-moddasi 1-bandiga muvofiq, korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida ish beruvchi hisoblanadi.

Yuqoridagi asoslarga asosan, korxona rahbarlari ish beruvchi hisoblanadi va korxonalarning birinchi rahbarlari ishga qabul qilish huquqiga ega hisoblanadi, MK 107-moddasiga ko‘ra, faqat ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslargina, xodimni bo‘shata olishi mumkin.

Shunday ekan, xodimni rahbar o‘rinbosari tomonidan ishdan bo‘shatilishi qonuniy emas.

Ishsizlar - o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).

Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:

  • anonim murojaatlar;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
  • mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.

Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.

Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:

  • agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning to‘la-to‘kis materiallari mavjud bo‘lsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bo‘lsa;
  • agar murojaat qiluvchi o‘z murojaatini belgilangan tartibda chaqirib olgan bo‘lsa yoki uni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida iltimos qilgan bo‘lsa;
  • yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yo‘qligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmaganda;
  • murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli, davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda;
  • agar murojaat qiluvchi jismoniy shaxs vafot etganidan so‘ng murojaatni ko‘rib chiqish huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.

Murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risidagi qarorni davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi qabul qiladi.

Takroriy murojaatni ko‘rib chiqish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u bilan yozishmalar tugatilishi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinadi. Yozishmalar olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni ko‘rib chiqish murojaat qiluvchini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi.

Murojaatni ko‘rib chiqish uni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha tugatilganda murojaat murojaat qiluvchiga davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaxsining xati bilan birga uch kun ichida qaytariladi. Murojaatni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilishini istisno etmaydi.

Murojaat qiluvchi chaqirilgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining kelmay qolganligi sababli murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilinadi.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qo‘yish, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar bo‘ladilar.

Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi:

  • yerlardan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda;
  • yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganda;
  • qishloq xo‘jaligi yerlari va boshqa yerlar yaroqsiz holga keltirilganda, ular kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqava suvlari bilan ifloslantirilganda;
  • yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ob’yektlar joylashtirilganda, qurilganda, loyihalashtirilganda, foydalanishga topshirilganda;
  • yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablari bajarilmaganda;
  • vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddati buzilganda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlar bajarilmaganda;
  • yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilari yo‘q qilinganida;
  • Davlat yer kadastri ma’lumotlari buzib ko‘rsatilganda;
  • o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rilganda va chorva mollari boqilganida;
  • yovvoyi o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralari ko‘rilmaganda;
  • yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanilib, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlari bajarilmaganida;
  • shuningdek, yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishning belgilangan muddatlari va tartibi buzilganida aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

 

Tadbirlar taqvimi
Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish