
1969 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
1993-1994 yy. - Sirdaryo viloyati Matlubot savdo uyushmasi 1-toifali tovarshunosi
1994-1997 yy. - Sirdaryo viloyati Xovos tumani Matlubot uyushmasi raisi o‘rinbosari, uyushma raisi
1997-1998 yy. - Sirdaryo viloyati Moliya boshqarmasi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi Xo‘jalik sub’yektlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
1998-2003 yy. - Sirdaryo viloyati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi Monopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish bo‘limi bosh taftishchisi
2003-2004 yy. - Sirdaryo viloyati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash va reklama bozorini tartibga solish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
2004-2005 yy. - Sirdaryo viloyati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
2005-2005 yy. - Sirdaryo viloyati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi
2005-2008 yy. - Sirdaryo viloyati Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi Raqobat muhitini tahlil qilish, monopoliyaga qarshi faoliyatini tartibga solish va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi
2008-2010 yy. - Sirdaryo viloyati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi Tabiiy monopoliyaga qarshi faoliyatini tartibga solish bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i
2010-2012 yy. - Sirdaryo viloyati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi Monopoliyaga qarshi faoliyatini tartibga solish va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
2012-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori
2021 y. h.v. - Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimi