
1971 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1995 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
1988-1989 yy. - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Malik" shirkat xo‘jaligi qurilish bo‘limi ishchisi
1989-1989 yy. - Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahar haydovchilar tayyorlash maktabi kursanti
1989-1990 yy. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani shirkat xo‘jalik ishchisi
1990-1995 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti talabasi
1995-1996 yy. - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Malik" shirkat xo‘jaligi dispetcheri, kommunal xizmat bo‘limi hisobchisi
1996-1997 yy. - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Malik" jamoa xo‘jaligi rejalashtirish bo‘limi iqtisodchisi
1997-2000 yy. - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Malik" jamoa xo‘jaligi bosh iqtisodchisi
2000-2004 yy. - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Malik" jamoa xo‘jaligi raisi
2004-2004 yy. - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Malik" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi
2004-2004 yy. - O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloqda bozor infratuzilmasini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
2004-2007 yy. - Sirdaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i
2007-2010 yy. - Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi
2010-2016 yy. - Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2017-2019 yy. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimi
2019-2020 yy. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi
2020 y. - h.v. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimi