Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Akkreditasiya

Sirdaryo viloyatida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiya qilish tartibi

Mazkur tartib Sirdaryo viloyati hokimligi faoliyati, hokimlikda oʼtkaziladigan tadbirlar toʼgʼrisidagi axborotlarni xolis, tezkor va erkin tarqatish, shuningdek akkreditatsiya qilingan OAV vakillari (jurnalistlar)ning ishini Oʼzbekistan Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tugilgan tartibda tashkil etish maqsadida viloyat hokimligi xuzurida Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilishni belgilaydi.

Akkreditatsiya Oʼzbekiston Respublikasining "Ommaviy axbo­rot vositalari toʼgʼrisida"gi, "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʼgʼrisida"gi va "Oʼzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditasiya qilish tartibi toʼgʼrisida"gi hamda OAVga doir boshqa qonun hujjatlari hamda akkreditatsiya Qoidalariga muvofiq, oʼtkaziladi.
OAVning viloyat hokimligi faoliyatini muntazam yoritib boradigan vakillari tegishli OAVning hokimlikdagi muxbiri sifatida akkreditatsiya qilinadilar. Ommaviy axborot vositalarining vakillarini akkreditatsiya qilish ishlarini viloyat hokimligi Axborot-tahlil xizmati tashkil etadi. Yaʼni Axborot-tahlil xizmati viloyat hokimligi xuzurida akkredita­siya qilish qoidalari, muddatlari va talab kilinadigan hujjatlar tugʼrisida OAV taxririyatlarini oldindan xabardor kiladi.

Axborot-tahlil xizmati uz zimmasidagi vazifani bajarishda viloyat hokimligining tegishli tuzilmaviy boʼlinmalari, xususan Ishlar boshqarmasi bilan hamkorlik kiladi. OAVning tahririyatlari, xususan:

- axborot agentliklari 3 nafargacha (bunda jurnalistlardan 1 nafari fotomuxbir boʼlishi nazarda tutilgan);

- teletahririyatlar 5 nafargacha (bunda teletahririyatlar 3 tadan guruh taqdim etishi va har bir guruh tarkibida alohida teleoperator, texnik xizmat koʼrsatuvchi mutaxassislar boʼlishi nazarda tutilgan);

- radiotahririyatlar 1 nafargacha;

- kundalik nashrlar 2 nafargacha;

- haftalik nashrlar 1 nafargacha vakilni akkreditatsiya qilish uchun tavsiya etishlari belgilangan.

Oylik va boshqa nashrlar bir martalik akkreditatsiya uchun buyurtmanoma berishga xaqli.

Akkreditatsiya qilish uchun OAV taxririyati viloyat hokimligiga rasmiy blankada yozilgan buyurtmanomasi takdim etiladi. Buyurtmanoma OAV rahbari tomonidan imzolanishi, muhr bilan guvohlantirilishi lozim. Buyurtmanomada ommaviy axborot vositasining nomi va turi, ixtisoslashuvi, tarqalish hududi, elek­tron pochta manzili (shu jumladan indeks), tahririyatning telefonlari va faks raqamlari, akkreditatsiya uchun tavsiya etilayotgan OAV vakilining (jurnalistning) familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi, telefon raqamlari koʼrsatilgan boʼlishi shart.

Buyurtmanomaga OAV davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomaning nusxasi, koʼrsatuv (eshittirish) olib borish uchun (elektron OAVga) berilgan litsenziya nusxasi, akkreditatsiya uchun tavsiya etilayotgan OAV vaki­lining (jurnalistning) pasportiga oid maʼlumotlar, 3x4 oʼlchamdagi toʼrt dona rangli fotosurati ilova qilinishi talab etiladi.

Akkreditatsiya uchun buyurtmanoma asl nusxada qabul qilinadi. Buyurtmanoma olingan kundan eʼtiboran 15 kun ichida koʼrib chiqiladi. Yuqorida qayd etilgan maʼlumotlar koʼrsatilmagan, shuningdek belgilangan muddatda berilmagan buyurtmanomalar koʼrib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Akkreditatsiya qilish soʼralgan OAV vakilining viloyat hokimligi faoliyati yuzasidan tegishli maʼlumotga ega boʼlishini taʼminlash maqsadida Matbuot kotibi bilan muloqoti tashkil etilishi mumkin.


Akkreditatsiya qilingan OAV vakiliga (jurnalistga) 2 yil muddatda amal kiladigan "Akkreditatsiya guvoxnomasi" topshiriladi. "Akkreditatsiya guvohnomasiga akkredi­tatsiya qilingan shaxsning 3x4 oʼlchamdagi rangli fotosura­ti tushiriladi, familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozi­mi, OAVning nomi, guvohnomaning amal qilish muddati va tartib raqami yoziladi. Guvohnoma viloyat hokimi yoki oʼrinbosari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi. Guvohnomani ak­kreditatsiya qilingan OAV vakilining shaxsan oʼzi qabul qilib oladi.

Elektron OAVning texnik xodimlariga beriladigan "Ak­kreditatsiya guvohnomasi" viloyat hokimligiga ovoz yozish, suratga olish va yoritish apparatlarini olib kirish hamda binodan olib chiqish huquqini beradi.


Chet ellik muxbirlar, shu jumladan MDHda aʼzo davlatlar muxbirlari ham akkreditasiya qilinadilar. Akkreditasiya qilingan chet ellik muxbirlarga tegishli shakldagi guvohnoma beriladi. OAVning tahririyatlari, agar zarurat taqozo etsa, oʼzining akkreditasiya qilinganidan tashqari xodimlari viloyat hokimligida oʼtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun bir martalik akkreditasiya soʼrab, viloyat hokimligiga rasmiy blankada buyurtmanoma berishlari mumkin.

Buyurtmanomada OAV vakilining (jurnalistning) fami­liyasi, ismi va otasining ismi, tadbirning nomi, akkreditasiya vaqti va sanasi koʼrsatilishi kerak. Biroq ayrim hollarda oʼz faoliyatiga koʼra reklama tusiga ega boʼlgan nashrlarning, tarmoq nashrlarining, shuningdek viloyat hokimligi faoliyatini yoritish bi­lan shugʼullanmaydigan nashrlarning akkreditasiya qilish toʼgʼrisidagi buyurtmanomalari rad etilishi ham mumkin.

Oʼz faoliyatini tugatgan yoki faoliyati tuxtatib qoʼyilgan OAV vakillarining (jurnalistlarining) akkreditasiyasi bekor qilinadi. Shunindek, OAV vakili (jurnalist) akkre­ditasiya Qoidalarida belgilangan talablarga rioya etmasa yoki haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan axborot tarqatsa yoxud 12 oy davomida viloyat hokimligi faoliyati haqida OAVda biror marta ham axborot yoritmagan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq akkreditasiyadan mahrum qilinishi mumkin. OAV vakili (jurnalist) ishdan boʼshatilgan yoki uning akkreditasiyasi chaqirib olingan taqdirda bu xaqda Axborot-tahlil xizmati xabardor qilinishi lozim. Bunda jurnalistning viloyat hokimligi huzuridagi akkreditasiyasi toʼxtatiladi. Akkreditasiyasi toʼxtatilgan vakilning (jur­nalistning) akkreditasiya guvohnomasi Axborot-tahlil xizmatiga, kotibiga qaytargach, boshqa jurnalistni akkreditasiya qilishni soʼrab belgilangan tartibda buyurtmanoma kiritishi mumkin va ushbu buyurtmanoma asosida tahririyat vakili akkreditasiya qilinadi.

Akkreditasiya guvohnomasi va chet ellik muxbir guvohnomasining amal qilish muddati tugagan boʼlsa yoki guvohnomadagi maʼlumotlar almashtirilgan yoki ularga shikast yetgan boʼlsa yoxud akkreditasiyadan mahrum etilgan boʼlsa, viloyat hokimligi binosini qoʼriqlovchi maxsus xizmat xodimlari guvohomani olib qoʼuyishga haqlidirlar.

Shu oʼrinda taʼkidlash lozimki, akkreditasiya qilingan OAV vakillari viloyat hokimligi binosida boʼlishda uning ichki tartib-qoidalariga va ishlarini tashkil etish talablariga rioya qilishi shart. Shuningdek, oʼz kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish vaktida viloyat hokimligi rahbariyati va apparati xodimlarining huquqlari, qonuniy manfaatlari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, umumeʼtirof etilgan jurnalist odobi normalariga rioya etish, gazetxonlar, teletomoshabinlar va radio eshituvchilarni viloyat hokimligi faoliyati toʼgʼrisida har tomonlama hamda xolis xabardor qilishlari, viloyat hokimligi binosiga kirish (undan chiqish) vaqtida, shuningdek oʼz kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish vaqtida akkreditasiya guvohnomasini (oʼz shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda), chet ellik muxbir guvohnomasini koʼrsatishlari talab etiladi.


Unutmaslik kerakki, oʼz kasbiy imkoniyatlaridan axborotni yashirish yoki ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni soxtalashtirish maqsadida foydalanmasliklari, toʼgʼri axborot niqobi ostida mish-mishlar tarqatmasliklari, be­gona shaxslar yoki ommaviy axborot vositasi hisoblanmagan tashkilotlar uchun axborotlar tuplamasliklari shart. Akkre­ditasiya qilingan OAV vakilini yangi muddatga akkredi­tasiya qilish akkreditasiya toʼgʼrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin tahririyat tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida oʼtkaziladi.

Tahririyat viloyat hokimligiga akkreditasiya tugʼri­sidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin buyurtmanoma berishi kerak. Yangi muddatga ak­kreditasiya qilish akkreditasiya qilingan OAV vakilining oldingi akkreditasiyasi davridagi benuqson va samarali faoliyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish