
1989 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2011 yil Guliston davlat universitetining bakalavr, 2013 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiyetining magistratura bosqichini tamomlagan.
2007-2011 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston davlat universiteti talabasi
2011-2013 yy. - O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Yetakchi” yoshlar o‘quv markazi Sirdaryo viloyati koordinatori
2013-2014 yy. - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limi mudiri, rais yordamchisi
2015-2015 yy. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
2015-2016 yy. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani xalq ta’limi muassasalar faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi uslubchisi
2016-2017 yy. - O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oqoltin tumani Kengashi raisi
2017-2017 yy. - O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi raisining o‘rinbosari
2017-2018 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
2018-2019 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari
2019-2020 yy. - “Yuksalish” umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari
2020 y. - h.v. - Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimi