Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Rahbariyat
Sirdaryo viloyati hokimi
Sirdaryo viloyati hokimi
Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich
Telefon :
(67) 225-29-82
Qabul :
Seshanba 10:00 dan 12:00 gacha

1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Maʼlumoti oliy. 1995-yilda Samarqand kooperativ instituti, 2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. 

 1.Quyidagilar viloyat hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari ijrosini tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyatni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

aholini qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qo‘rib chiqadi, joylarda tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari”ning faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;

viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat byudjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi tasdig‘iga taqdim etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi bilan kelishilgan holda viloyat hokimining o‘rinbosarlarini, tuman va shahar hokimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli Kengashlarning tasdig‘iga kiritadi; 

hokimlik boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

berilgan vakolatlari doirasida viloyat tashkilotlari rahbar-larini tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi tasdig‘iga kiritadi. Shuningdek, tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlarini saylash va tayinlash bo‘yicha respublika idoralariga takliflar kiritadi;

o‘zining va quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga, qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi yoki o‘zgartiradi, xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;

rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;

Xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida yuqori turuvchi tashkilotlariga qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga takliflar kiritadi;
respublika va xorijda viloyatning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;

o‘ziga berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o‘tkazish, qo‘shimcha korxonalar, xo‘jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg‘unlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o‘zaro munosabatlar o‘rnatadi; 

viloyatdagi mahalliy davlat hokimiyati ijroiya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi talablarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashining hamda viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo‘yicha faoliyatlarini nazorat qiladi;

zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida 2 marta xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi, uning hujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi;

olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari viloyat Kengashiga axborot beradi;
viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;
yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;

davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitasiya, demarkasiya va redemarkasiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migrasiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

2. Viloyat hokimi quyidagi komissiya va Kengashlarga raislik qiladi:

viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya;

narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi;

geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat hududiy komissiyasi;

viloyat “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi;

viloyat arxitektura-shaharsozlik kengashi;

qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat ma’muriy kengashi;

yoshlar masalalari bo‘yicha viloyat idoralararo kengashi;

viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

“Mustaqillik” va “Navro‘z” umumxalq bayramlarini nishonlashni tashkil etish bo‘yicha doimiy ishlaydigan viloyat komissiyasi;

Toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chkilarni xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha toshqinlarga qarshi kurashish viloyat komissiyasi;

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi kuni bayrami munosabati bilan davlat mukofotlari uchun nomzodlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha viloyat Dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi; 

Takroriy ekinlarni ekish, yetishtirish, olingan mahsulotni qish-bahor mavsumiga zaxiraga g‘amlash hamda ichki va tashqi bozorlarda sotish ishlarini tashkil etish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasi;

Viloyat hokimligi huzuridagi Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilishni lisenziyalash bo‘yicha viloyat komissiyasi; 

Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini ishlab chiqish va ijrosini muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat olib boruvchi viloyat ishchi komissiyasi;

"Mard o‘g‘lon" davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat komissiyasi; 

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armasi faoliyatini boshqarish Kengashi; 

davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha viloyat hududiy komissiyasi;

kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha viloyat muvofiqlashtiruvchi Kengashi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

3.Qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida quyidagi viloyat tashkilotlari bilan jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish borasida muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi: 

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi;

viloyat prokuraturasi;

iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi; 

viloyat ichki ishlar boshqarmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi;

viloyat adliya boshqarmasi;

viloyat sudi, ma’muriy ishlar bo‘yicha viloyat sudi 

viloyat davlat bojxona boshqarmasi;

viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi;

viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi;

O‘zbekiston advokatlar palatasi viloyat bo‘limi

1991-1995 yy. - Samarqand kooperativ instituti talabasi

1995-1997 yy. - Farg‘ona tumani “Matlubotsavdo” aksiyadorlik jamiyati hisobchisi

1997-1999 yy. - «Farg‘ona don mahsulotlari» OAJ hisobchisi, laboratoriya boshlig‘i o‘rinbosari

1999-2000 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi Farg‘ona hududiy bo‘limi yetakchi davlat don inspektori

2000-2001 yy. - «Farg‘ona don mahsulotlari» OAJ laboratoriya boshlig‘i o‘rinbosari

2002-2007 yy. - «Farg‘ona don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati laboratoriya laboranti, boshlig‘i o‘rinbosari

2007-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi Farg‘ona hududiy bo‘limi bosh davlat don inspektori, yetakchi davlat don inspektori vazifasini bajaruvchi

2009-2013 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi Farg‘ona hududiy bo‘limi bosh davlat don inspektori

2013-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari

2018-2022 yy. - Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimi

2022-2022 yy. - Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2022-2023 yy. - Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi

2022 y.  -  h.v. - Sirdaryo viloyati hokimi

Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Umarov Abduraxim Abdulxamidovich
Telefon :
(67) 225-02-12
Qabul :
Dushanba 10:00 dan 12:00 gacha

1985-yil Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2008-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.

2008-2011 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shaxar “Quvvatbek”fermer xo‘jaligida xisobchi 
2011-2011 yy. - DT Xalq banki Sirdaryo viloyati filmiali Amaliyot bo‘limiga karashli “Bo‘ston”mini bank mudiri  
2011-2012 yy. - DT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali Amaliyot bo‘limi Menendjer maslaxatchisi 
2012-2013 yy. - DT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali Amaliyot bo‘limining Kreditlash va iktisodiy taxlil bo‘limi boshligi-boshkaruvchi o‘rinbosari  
2013-2014 yy. - DT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali Omonatchilar va kreditorlarning mablag‘larini monitoring qilish bo‘limi bosh mutaxassisi
2014-2014 yy. - DT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali Amaliyot bo‘limi Kreditlash va iqtisodiy tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi  
2014-2014 yy. - DT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali Amaliyot bo‘limi Jamgarilib boriladigan pensiya tizimi bo‘limi yetakchi mutaxassisi 
2014-2014 yy. - DT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali Amaliyot bo‘limi Kreditlash va iqtisodiy tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi  
2014-2017 yy. - AT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali Amaliyot bulimining Kredit operatsiyalari bo‘limi bosh mutaxassisi
2017-2018 yy. - AT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali Amaliyot bulimi boshlig‘i o‘rinbosari
2018-2019 yy. - AT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali Amaliyot bulimi boshlig‘i 
2019-2019 yy. - AT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali boshlig‘i o‘rinbosari
2019-2021 yy. - AT Xalq banki Sirdaryo viloyati Sardoba filiali boshkaruvchisi  
2021-2021 yy. - AT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali boshlig‘i o‘rinbosari
2021-2023 yy. - AT Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali boshlig‘i 
2023 y. -  h.v.  - Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Abduraxmanov Dilmurod Xolyigitovich
Telefon :
(67) 235-00-23
Qabul :
Payshanba 10:00 dan 12:00 gacha

1983-yilda Xovos tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 2002-yilda Toshkent moliya institutini, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2011-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

  1. Quyidagilar viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
  2. a) qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish va suv xo‘jaligi qurilishi sohasida:

Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan islohotlar samarali amalga oshirilishini tashkil etish va ta’minlash;

xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini va iste’mol rasionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ta’minlash;

bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaliklari, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirish;

agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohaning davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi sohasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish;

qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida investisiya loyihalarining amalga oshirilishiga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga ko‘maklashish, xorijiy investisiyalarni jalb etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish;

qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish, ta’lim va maslahat xizmatlarini ishlab chiqarish bilan integrasiya qilish, urug‘chilik va naslchilik maktablarini yaratish, ilg‘or innovasion ishlanmalarni keng joriy etish;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish;

qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish va suv xo‘jaligi qurilishi sohasidagi islohotlarning, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi «Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5418-son, 2017 yil 11 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida» PF-5041-son va 2017 yil 31 maydagi «Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5065-son Farmonlariga muvofiq amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil qilish;

Viloyat hokimiga qishloq xo‘jaligi, o‘rmonzorlar, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi va tayyorlanishini ta’minlash;

Viloyatda qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish, suv xo‘jaligi qurilishini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
27 dekabrdagi «Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»
PQ-4087-son va 2019 yil 25 oktyabrdagi «Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4499-son qarorlariga muvofiq suvni tejaydigan samarali texnologiyalar, birinchi navbatda, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini ularning faoliyatiga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;

fermerlik harakatini rivojlantirish, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini shakllantirish, agroklasterlar tashkil qilish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, o‘rmon xo‘jaligi tizimini rivojlantirish va dorivor o‘simliklar yetishtirish holatini tahlil qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
17 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3671-son qaroriga muvofiq agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlariga asoslangan ijara munosabatlari va xo‘jalik yuritish tizimini keng rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchi-larining manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlaydigan qulay iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

yerlarni qo‘riqlash va ulardan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish ishlarini muvofiqlashtirish;

o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, o‘rmon fondi va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish, daraxtzorlar tashkil qilish, takror ekish, qo‘riqlash va himoya qilish, o‘rmonlardan oqilona hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan investisiya dasturiga muvofiq qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasidagi investisiya loyihalarini amalga oshirishga investisiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni, xususan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb etilishini tahlil qilish;

qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha takliflar hamda hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularning kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;

qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda suv xo‘jaligi qurilishi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilish ishlarini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
17 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3672-son va 2019 yil 9 oktyabrdagi «Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4486-son qarorlariga muvofiq suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil qilish;

  1. b) oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarining barqarorligini ta’minlash sohasida:

oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, sohaga O‘zbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan investisiya dasturiga muvofiq xorijiy investisiyalar hamda texnologiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratishga doir takliflar va hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish hamda ularni kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash;

oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishlarni modernizasiya qilish va diversifikasiyalash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;

xalqaro standartlarga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import o‘rnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;

oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;

oziq-ovqat donini ishlab chiqarish va taqsimlash balansi puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash hamda uning bajarilishini nazorat qilish;

Viloyat hokimiga oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi  “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5303-son Farmoniga muvofiq ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish masalalari monitoringi va tahlilini tashkil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni rivojlantirishning sifatli o‘zgarishlari va tendensiyalarini baholash;

oziq-ovqat tovarlari yuzasidan bozorlar faoliyatini, yarmarka va ko‘rgazma faoliyatini muvofiqlashtirish, qishloq aholisini talab etilgan va sifatli oziq-ovqat tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida marketing tadqiqotlari o‘tkazilishini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
20 oktyabrdagi «Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»
PQ-3344-son qaroriga muvofiq viloyat aholisini qish-bahor davrida uzluksiz ta’minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlashni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;

chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini takomillashtirish, pulli xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini faol joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;

oziq-ovqat sanoati, savdo uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini o‘rganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  1. v) «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda «yo‘l xaritalari»ga kiritish uchun muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ning amalga oshirilishi to‘g‘risida idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun viloyat hokimiga kiritish;

muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish.

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash.

o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

  1. Qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan sohaga oid hududiy komissiyalar va kengashlar ish faoliyatini tashkil etadi.

Viloyatdagi yirik suv omborlari va nasos stansiyalarini ishlatish hamda suvdan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha viloyat komissiyasi.

  1. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi;

Quyi-Sirdaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

Quyi-Sirdaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi;

15-son qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi;

viloyat meliorativ ekspedisiyasi;

viloyat suv nazorat inspeksiyasi;

“Oqoltin don mahsulotlari”, “Xovos don mahsulotlari” AJlar;

“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” ALK viloyat filiali;

Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi;

 “O‘zdaverloyiha” viloyat filiali;

“Agropilla” MChJ;

O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti viloyat filiali;

viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi;

viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi;

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining viloyat bo‘limi;

viloyat O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi;

 “Guliston neftbaza” mas’uliyati cheklangan jamiyati;

 “Do‘stlik” kanali boshqarmasi;

viloyatdagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi muqobil mashina-traktor parklari, suv iste’molchilari uyushmalari, biolaboratoriyalar, yoqilg‘i-moylash va mineral o‘g‘it shoxobchalari, “Agrotexservis MTP” MChJlar.

barcha yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari.

1998-2002 yy. - Toshkent moliya instituti talabasi

2002-2003 yy. - “Sirdaryopaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi “Guliston” paxta tozalash korxonasi iqtisodchisi

2003-2005 yy. - Sirdaryo viloyati prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻlimi mutaxassisi

2005-2006 yy. - “Sirdaryopaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi iqtisodiy tahlil va ish xaqi boʻlimi bosh mutaxassisi

2006-2006 yy. - “Sirdaryopaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga qarashli “Turon” paxta tozalash korxonasi reja boʻlimi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi

2006-2007 yy. - “Sirdaryopaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga qarashli “Turon” paxta tozalash korxonasi tayyor mahsulotlar boʻlimi boshligʻi

2007-2008 yy. - “Sirdaryopaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga qarashli “Boyovut” paxta tozalash korxonasi bosh hisobchisi

2008-2010 yy. - “Sirdaryopaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi raisining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari

2010-2012 yy. - “Sirdaryopaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiya va hisob-kitob markaz boshligʻi, rais oʻrinbosari

2012-2015 yy. - “Sirdaryopaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi

2015-2019 yy. - Xususiy tadbirkor

2019-2022 yy. -  Sayxunobod tumanidagi “Politeks Sirdaryo” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi toʻqimachilik klasteri rahbari

2022-y. -  h.v.  - Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Sirdaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari
Sirdaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari
Muminov Irkin Akmalovich
Telefon :
(67) 235-03-70
Qabul :
Payshanba 10:00 dan 12:00 gacha

1969-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1994-yil Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

Quyidagilar viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

davlat organlarining viloyatda joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

“Haj” va “Umra” tadbirlarini o‘tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari  amalga oshirilishini ta’minlash;

millatlararo totuvlikni va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

millatlararo do‘stlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko‘rish;

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko‘maklashish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hay’at;

diniy va millatlararo munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi viloyat kengashi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

O‘zbekiston Musulmonlar idorasining viloyatdagi vakilligi va viloyatdagi boshqa diniy tashkilotlar;

O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi viloyat koordinatori;

O‘zbekiston Nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi;

O‘zbekiston Chernobilchilar assosiasiyasi viloyat bo‘limi;

O‘zbekiston “Ko‘zi ojizlar” jamiyati viloyat bo‘limi;

Jangchi faxriylar (baynalmilalchilar) birlashmasi viloyat bo‘limi;

“O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondining viloyat vakolatxonasi;

siyosiy partiyalar viloyat bo‘limlari;

O‘zbekiston Ekologik harakati viloyat bo‘limi;

“Qizil yarim oy” jamiyati;

milliy madaniy markazlar.

Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi
Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi
Tojibayeva Nargiza Keldibekovna
Telefon :
(67) 225-07-50
Qabul :
Chorshanba 10:00 dan 12:00 gacha

1974-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1996-yil Guliston davlat universitetini tamomlagan.

Quyidagilar viloyat hokimning oʻrinbosari —  oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy muhitini va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

xotin-qizlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish boʻyicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokim yordamchisi bilan hamkorlikda faoliyat olib borish;

“Ayollar maslahat kengashlari” bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga mux,toj xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga koʻmaklashish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish;

xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish.

-jamiyatda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilab olindi.

-xotin-qizlarning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish;

-gender tenglikni taʼminlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish;

-hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish;

-turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini koʻpaytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilab olish;

-ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologii yordam noʻrsatish, ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qoʻllab-quvvatlash;

-jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;

-oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahnamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlii darajasini oshirish etib belgilandi.

1991-1996 yy. - Guliston davlat universiteti talabasi
1996-1998 yy. - Oqoltin tumanidagi 17-sonli maktabning rus tili fani oʻqituvchisi 
1998-2001 yy. - Guliston shahar hokimligi oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻlimi bosh mutaxassisi
2001-2005 yy. - Sirdaryo viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi yetakchi mutaxassisi
2005-2009 yy. - Sirdaryo viloyati hokimligi xotin-qizlar masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi  
2009-2017 yy. - Sirdaryo viloyati hokimligi xotin-qizlar masalalari kotibiyati mudiri
2017-2017 yy. - Oqoltin tumani hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
2017-2018 yy. - Guliston shahar hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi 
2018-2018 yy. - Guliston shahar hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
2018-2020 yy. - Guliston shahar hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
2020-2022 yy. - Sirdaryo viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi
2022-y.  -  h.v. - Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi

Sirdaryo viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Sirdaryo viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Ibadullayev Voxid Azizovich
Telefon :
(67) 225-38-44
Qabul :
Payshanba 10:00 dan 12:00 gacha

1979-yilda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2007-yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyalari institutini, 2022-yil Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

  1. Quyidagilar viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

a)hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi «Obod qishloq» dasturi to‘g‘risida» PF-5386-son Farmonini va
2018 yil 27 iyundagi «Obod mahalla» dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida» PQ-3812-son qarorini amalga oshirish doirasida muhandislik, yo‘l-transport va telekommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash holatini o‘rganish va takliflar kiritish;

  1. b) kommunal xo‘jaligi sohasida:

“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi 2019 yil
7 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni  hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5017-son Farmonida belgilangan kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;

kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;

kommunal sohadagi holat va vaziyatning monitoringini ta’minlash, tahlil etish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirishdagi sifatli o‘zgarishlar va tendensiyalarni baholash;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xo‘jaligi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarini, «yo‘l xaritalari»ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishga doir faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investisiyalar va innovasion g‘oyalar hamda texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat ko‘rsatish uchun tariflar oshganda, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 noyabr-dagi «Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun o‘zbekiston respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5883-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 noyabrdagi «Respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» PQ-4536-son qarorini amalga oshirish doirasida suv ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish, sohaga chet el investisiyalarini jalb etish va mamlakatning ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;

suv ta’minoti, kanalizasiya, issiqlik ta’minoti va kommunal soha tashkilotlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’yektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qo‘llashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish harajatlarini, ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;

issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlash;

rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini, uy-joy-kommunal xo‘jaligi metodologiyasini hisobga olgan holda, uy-joy-kommunal xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomil-lashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

uy-joy-kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda o‘quv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda, kadrlarni qyta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;

  1. v) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:

“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida atrof-muhit sifatli holatining kafolatlangan darajasiga erishish, tabiatni muhofaza qilish, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik xavfsizligi, inson va uning kelajakdagi avlodlari genofondi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;

“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, yul xaritlalarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va o‘zaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» PF-5024-son va 2019 yil 30 oktyabrdagi «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» PF-5863-son Farmonlariga muvofiq tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning asosan iqtisodiy usullarini keng qo‘llash, hamma joyda resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovasion texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, xo‘jalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noxush ta’sirini pasaytirish va oldini olish bo‘yicha aholining ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
17 apreldagi «2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» PQ-4291-son qarorlariga muvofiq chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish va xo‘jalik faoliyatiga jalb etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

barqaror rivojlanish, shuningdek, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish maqsadida tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik savodxonlik va madaniyat, ta’limni oshirish sohasidagi normativ-uslubiy bazani takomillashtirish;

tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining so‘zsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan uzoq, o‘rta va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;

fuqarolarda atrof-muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilish¸ ommalashtirish va tarqatish, ekologik ta’lim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan ishlash sohasida qonun buzilishlarining oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati istitutlari bilan yaqindan o‘zaro hamkorlikni, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

  1. g) transport sohasida:

transport va transport kommunikasiyalari sohasida islohot-larning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikasiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta’minlash hamda tahlil etish, ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

transport sohasining faoliyat ko‘rsatishi va transport kommunikasiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, «yo‘l xaritalari»ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini hamda o‘zaro hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
1 fevraldagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5647-son Farmoni va 2017 yil 2 dekabrdagi «2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikasiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3422-son qarorini amalga oshirish doirasida yo‘lovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va oqilona tashkil etish, transport kommunikasiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikasiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviasiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5584-sonli Farmonini amalga oshirish doirasida raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

transport xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikasiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3589-son qaroriga muvofiq transport tizimi va transport kommunikasiyalarini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
27 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviasiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini ularga sotish orqali ekspert baholashni amalga oshirish, shu asosda transport parkining modernizasiya qilinishi va yangilanishini ta’minlash;

transport va transport kommunikasiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investisiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

transport va transport kommunikasiyalari sohasida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

transport va transport kommunikasiyalari sohasida hususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturining amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;

«Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan ta’minlashni, shuningdek, yo‘l ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
9 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5890-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi «Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4545-son qarorini muvofiq Yo‘l xo‘jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xo‘jalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investision jozibadorlikni oshirish hisobiga sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yo‘l qurilishiga innovasiyalarni keng joriy etish choralarin ko‘rish;

  1. d) qurilish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi doirasida amalga oshiriladigan shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital kurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
14 noyabrdagi «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5577-son va 2020 yil 13 martdagi «O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF-5963-son Farmonlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim ob’yektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’yektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlash, ishlar holatini va joriy ahvolni tahlil kilish;

shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, «yo‘l xaritalari», Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xo‘jalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, arzon uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, shuningdek, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;

ob’yektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarini tayyorlash darajasini oshirish, shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirishni ta’minlash;

loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali mexanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari o‘tkazish darajasini oshirish, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;

shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

innovasiya texnologiyalarini va montajning ilg‘or tizimlarini joriy etish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini sanoatlashtirish va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yo‘li bilan maxsus va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil kilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi «Urbanizasiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5623-son Farmoni doirasida yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;

xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yo‘li bilan chuqur o‘rganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

kapital qurilish sohasida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;

vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;

manfaatdor tashkilot va idoralarni jalb qilgan holda, shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;

belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, to‘xtatib turish yoki taqiqlash choralarini ko‘rish;

shaharsozlik sub’yektlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini o‘rganish;

vakolatli davlat organlari tomonidan arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;

qurilishda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qo‘llanilishini o‘rganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;

ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini o‘rganish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, «yo‘l xaritalari», Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4335-son qaroriga muvofiq respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikasiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xom ashyo resurslarini qayta ishlashga investisiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirish;

qurilish materiallarining ilg‘or turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
22 avgustdagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4422-son qarorlariga muvofiq qurilish industriyasi korxonalarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil                              9 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4563-son qaroriga muvofiq qurilish industriyasini yanada modernizasiyalash va diversifikasiyalash, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop va import o‘rnini bosadigan tayyor mahsulotlar turlarini mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash negizida ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning hajmlarini ko‘paytirish, eksport nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish ishlarini tashkil etish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash

o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etib borish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

  1. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

o‘ta muhim va toifalangan inshootlarning xavfsizligini ta’minlashni tashkil etilishini nazorat qiluvchi hududiy idoralararo viloyat komissiyasi;

viloyat yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasi;

mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya;

avtotransport sohasini boshqarish va yo‘lovchilar tashishni
tashkil qilish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

kapital qurilishda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tanlov savdolarini o‘tkazish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

qishloq joylarda “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun pudratchi tashkilotlarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolarini o‘tkazish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

viloyat hokimligi huzuridagi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komissiya;

ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

1997-1999 yy. - Paxtachi tumani Sh. Kahhorov nomli jamoa xo‘jaligi kolxozchisi, hisobchisi

1999-2004 yy. - Navoiy viloyati hokimligi Kapital qurilish boshqarmasi hisobchisi, yetakchi hisobchisi

2004-2007 yy. - Navoiy viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi
yetakchi mutaxassisi, bosh hisobchisi, Moliyashtirish va ho‘jalik shartnoma munosabatlari bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2007-2008 yy. - Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i       

2008-2009 yy. - Navoiy viloyati hokimligi moliya boshqarmasi Maktab ta’lim jamg‘armasi shoʻbasi iqtisodchisi, shoʻba boshlig‘i

2009-2011 yy. - “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona direksiyasi bosh hisobchisi

2011-2014 yy. - Navoiy viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi direktori o‘rinbosari

2014-2017 yy. - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori o‘rinbosari, kompaniya direktori

2017-2018 yy. - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Investisiya loyihalarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi

2018-2019 yy. - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori

2019-2021 yy. - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi “Sport ob’yektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK direktori

2021-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Ichki audit va komplayens nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2021-2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Ichki audit va komplayens-nazorat boshqarmasi boshlig‘i

2022 y. - h.v.   - Sirdaryo viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i
Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i
Botirov Baxodir Abduraxmonovich
Telefon :
(67) 235-03-15
Qabul :
Dushanba 10:00 dan 14:00 gacha

1979-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2000-yilda Samarqand davlat universitetini, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

  1. Quyidagilar viloyat hokimi o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, Oliy Majlis palatalari qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan Investisiyalar va tashqi savdo sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;

viloyat, shahar va tumanlarning hududiy rivojlantirish dasturlari ishlab chiqishni ta’minlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish ob’yektlari qurish va o‘z vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizasiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, hudud iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investisiya loyihalarini bajarishda ko‘maklashish;

sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha investisiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirilishini monitoring qilish;

xorijiy investisiyalarni jalb etish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va amalga oshirish hamda hududda investision faoliyatni kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish;

investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun chet el investisiyalarini, kreditlarni, moliyaviy va texnik yordamni jalb qilish;

xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyatini tahlil qilish, investor tomonidan investisiya majburiyatlarini bajarish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq investision loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishida to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tezkor choralar ko‘rish, loyihalarni amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish asosida hududga jalb qilinadigan chet el investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;

Xalqaro va xorijiy davlatlar moliya institutlari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘laridan markazlashgan investisiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Investisiya masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalarning hududiy tuzilmalari va viloyatdagi boshqa tashkilotlarning ish faoliyatini muvofiqlashtirish.

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizasiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikasiyalashni amalga oshirish, investisiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni moliyaviy mablag‘ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o‘rtasida kooperasiya aloqalarini kengaytirish;

iqtisodiyotda ilmiy va texnologik salohiyatni, innovasion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

  1. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

viloyat investisiya boshqarmasi

        “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi.

1996-2002 yy. - Davlat-tijorat Xalq banki Boyovut tumani bo‘limi mutaxassisi, pul muomalasi bo‘limi nazoratchisi, bosh hisobchisi o‘rinbosari, bosh hisobchisi

2002-2011 yy. - Davlat-tijorat Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali bosh hisobchisi

2011-2018 yy. - Davlat-tijorat Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi

2018-2019 yy. - Sirdaryo viloyati investitsiyalar bosh boshqarmasi boshlig‘i

2019-2019 yy. - Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i

2019-2020 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2020-2022 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i

2022 y. -  h.v.  - Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i

Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Ismatov Bekzod Bazarbayevich
Telefon :
(67) 235-35-35
Qabul :
Seshanba 10:00 dan 12:00 gacha

1981 yilda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Maʼlumoti oliy. 2005 yil Guliston davlat universitetini, 2022 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi)ni tamomlagan.

  1. Quyidagilar viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Yoshlar siyosati sohasida:

yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni keyinchalik o‘qish bilan to‘liq qamrab olish, ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish.

prezident va ijod maktablari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni xududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, o‘quv jarayoni sifatini oshirish;

oliy ta’lim yo‘nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarining hududlar bo‘yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo‘lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayoni sifatini, o‘quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to‘garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;

uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo‘yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o‘rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes, oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnika vositalari bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;

yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko‘rish.

Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;

qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to‘liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

aholiga tashxis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;

aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ‘ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;

yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash.

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish.

  1. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat  tili to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish viloyat komissiyasi;

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi;

viloyat favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasi;

Bolalarni yozgi sog‘lomlashtirishni tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha viloyat komissiyasi;

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha

viloyat komissiyasi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

  1. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi;

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi;

viloyat xalq ta’limi boshqarmasi;

viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi;

viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi

Guliston davlat universiteti;

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali;

viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi;

“Sirdaryo dori-darmon” mas’uliyati cheklangan jamiyati;

viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi ;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi;

viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;

Davlat test markazi viloyat bo‘limi;

Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi;

“Badiiy ijodkorlar” va “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmalari;

Talim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi;

2000-2001 yy. - Sirdaryo viloyat bolalar va o‘smirlar sport maktabi baydarka va kanoyeda eshkak eshish bazasi mexanigi

2001-2005 yy. - Guliston davlat universiteti talabasi

2005-2006 yy. - Sirdaryo pedagogika kolleji transport vositalari mexanigi

2006-2007 yy. - Guliston qurilish kasb-hunar kolleji bo‘lim boshlig‘i

2007-2009 yy. - Guliston qurilish kasb-hunar kolleji maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2009-2012 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi raisi

2012-2014 yy. - Sirdaryo viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i

2014-2016 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimligi iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi

2016-2017 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimligi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi

2017-2017 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi

2017-2018 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi

2018-2019 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2019-2021 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimi o‘rinbosari – shahar investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i

2021-2023 yy. - Sirdaryo viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i

2023 y. -  h.v.  - Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Sirdaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i
Sirdaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i
Isakulov Shoxrux Norkulovich
Telefon :
(67) 235-00-08
Qabul :
Seshanba 10:00 dan 12:00 gacha

1991-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2011-yil Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanzas shtati, Nyuman universiteti (Newman University)ni, 2014-yil Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanzas shtati, Frends universiteti (Friends University)ni tamomlagan.

  1. Quyidagilar Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari etib belgilangan:

turizm ob’yektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;

viloyatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati yuritilishiga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirish;

turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, mamlakatimizning turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;

ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga investisiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;

turizm turlarini diversifikasiyalash, eng avvalo, ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, ta’lim va ilmiy turizmni hamda ularning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

turizm sohasida xizmatlarni lisenziyalash va sertifikatlashtirish hamda turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish;

turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga yo‘naltirilgan turizm xizmatlarini ko‘rsatish sifati va xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish;

turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu sohaga ilg‘or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini faol joriy etish;

turizm ob’yektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, ularga investorlarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

turizm faoliyati sohasida turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar hamda normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;

turizm sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida:

sport ob’yektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;

aholining keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga jalb etish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, oliy sport mahorati sohasida mamlakatimizning xalqaro sport maydonida munosib ishtirokini ta’minlashga qaratilgan yagona siyosatni amalga oshirish;

vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining, sport federasiyalarining (assosiasiyalari) faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, instruktor va trenerlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlariga keng jalb qilish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkillashtirish;

bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etish, bolalar sport ta’limi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda sport ob’yektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish;

Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish), tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federasiyalari (assosiasiyalari) bilan hamkorlik qilish;

respublikadagi barcha vazirlik va idoralar (jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar) uchun sport normativlarini ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha yagona siyosatni olib borishda ishtirok etish;

mamlakatimizda ommaviy va professional sportni, shu jumladan, sport o‘yinlari, ekstremal va qishki sport turlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar ko‘rishni ta’minlash;

ommaviy va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanishni ta’minlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash;

xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash;

jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investisiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etish;

moddiy madaniy meros sohasida:

madaniy meros ob’yektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;

davlat nazoratini amalga oshirish hamda moddiy madaniy meros ob’yektlarining, shu jumladan muzey ashyolari va kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish, ularni muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish va ommalashtirish, shuningdek, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, xususan, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya talablari hamda YuNESKO va boshqa tegishli xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini samarali bajarish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, olimlar, ekspertlar hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik qilish;

alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish;

chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borishni tashkil qilish.

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash.

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

  1. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

viloyat madaniyat boshqarmasi;

viloyat teleradiokompaniyasi;

“Yangi Sirdaryo” va “Novaya Sыrdarya” gazetalari tahririyati;

viloyat axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining viloyat bo‘limi;

 viloyat musiqali drama teatri

2009-2011 yy. - Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas Shtati “SSCh Valters Kluver soliq va moliya kompaniyasi” (CCH Walters Kluwer Tax and Accounting Company) soliq va moliya kompyuter texnologiya mahsulotlari sifatini tekshirish va nazorat qilish boshqarmasi mutaxassisi 
2011-2012 yy. - Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas Shtati “Emfesis konsalting kompaniyasi” (Emphasis Consulting Company) kompyuter texnologiya va moliya tizimini xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi bosh mutaxassisi
2012-2014 yy. - Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas Shtati “Frends universiteti” (Friends University, MBA in Finance) talabasi
2012-2013 yy. - Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas Shtati “Abbot farmasevtika kompaniyasi” (Abbott Laboratiries) kompyuter texnologiya va moliya tizimini xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi bosh mutaxassisi
2013-2014 yy. - Amerika Qo‘shma Shtatlari Illinoys Shtati “Prays Voterxaus Kupers soliq, audit va konsalting kompaniyasi” (PricewaterhouseCoppers, Audit and Assurance, consulting and tax services) audit va konsalting bo‘limining bosh auditori va konsultant-
 maslahatchisi
2014-2018 yy. - Amerika Qo‘shma Shtatlari Illinoys Shtati “KPMJ soliq, audit va konsalting kompaniyasi” (KPMG Tax, Auditing, and Cunsulting Company) audit va konsultantlik bo‘limining bosh auditori va konsultant-maslahatchisi 
2018-2019 yy. - Sirdaryo viloyati Investisiyalar Bosh boshqarmasi Hududlarni rivojlantirish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirilishi monitoringi yig‘ma bo‘limi boshlig‘i 
2019-2019 yy. - Sirdaryo viloyati Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari v.b.
2019-2020 yy. - Sirdaryo viloyati Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2020-2021 yy. - Sirdaryo viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha malahatchisi
2021 y. -  h.v.  - Sirdaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i

Sirdaryo viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi
Sirdaryo viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi
Toshmatov Abrorjon Ergashaliyevich
Telefon :
(67) 225-05-38
Qabul :
--

1979-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2002-yil Guliston davlat universiteti (kunduzgi), 2006-yil Guliston davlat universiteti (sirtqi)ni tamomlagan.

Қуйидагилар вилоят ҳокимининг маҳаллий саноатни ривожлантириш масалалари бўйича ёрдамчисининг функционал вазифалари  ҳисобланади:

Ўзбекистон Республикаси қонунларида ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президенти ва Вазирлар Маҳкамаси томонидан қабул қилинган ҳужжатларда белгиланадиган иқтисодий, ижтимоий ва тадбиркорлик соҳасининг энг муҳим устувор вазифаларига мувофиқ ҳудудни комплекс ривожлантириш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш. Республика миқёсида ишлаб чиқилган ва тасдиқланган мақсадли дастурларни ижросини таъминлаш;

маҳаллий саноатдаги идоралар ва хўжалик бирлашмалари фаолиятини мувофиқлаштириш;

вазирликлар, идоралар, маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларининг маҳаллий саноатни ривожлантириш стратегиялари ва ривожланиш дастурларини ишлаб чиқиш ҳамда амалга ошириш бўйича ишини мувофиқлаштириш;

тармоқларнинг ички ва тармоқлараро кооперация алоқаларини кенгайтириш ва чуқурлаштириш, ишлаб чиқаришни маҳаллийлаштириш, тармоқлар ва ҳудудларнинг рақобатбардошлигини ошириш;

ҳудудий ва республика тармоқлараро саноат ярмаркаларини ташкил этиш;

республика импорт ҳажми ва номенклатурасини чуқур таҳлил қилиш асосида ҳамда ҳудуддаги мавжуд ресурсларни ҳисобга олган ҳолда ҳудудда маҳаллийлаштириладиган тайёр маҳсулотлар, бутловчи буюмлар, эҳтиёт қисмлар ва материалларнинг аниқ рўйхатини шакллантириш;

хорижий компаниялар ва ташкилотларнинг таклифлари ва салоҳиятини ўрганиш асосида импорт ўрнини босадиган маҳсулотларнинг энг кўп талаб қилинадиган турларини ўзлаштириш бўйича хорижий шерикларни саноат кооперациясига кенг жалб этишга доир таклифлар ишлаб чиқиш;

ҳудудий маҳаллийлаштириш дастурлари лойиҳаларини шакллантириш, уларнинг амалга оширилишини ташкил этишда, шунингдек ҳамкорлар топиш, узоқ муддатли ҳамкорлик алоқаларини йўлга қўйишда лойиҳа ташаббускорларига доимий равишда амалий ёрдам кўрсатиш;

ҳудудий маҳаллийлаштириш дастуридаги лойиҳаларда белгиланган мақсадли параметрларга эришишнинг тизимли мониторингини олиб бориш;

мониторинг натижалари бўйича аниқланган тизимли муаммо ва камчиликларни бартараф этиш юзасидан таклифларни Ўзбекистон Республикаси Инвестициясия ва ташқи савдо  вазирлигига киритиб бориш;

ҳудуддаги хўжалик юритувчи субъектларга республикада ишлаб чиқарилаётган саноат маҳсулотларининг турлари, техник тавсифлари ва сифат кўрсаткичлари тўғрисида батафсил маълумот бериш орқали ҳудудий саноат кооперациясини ривожлантириш бўйича комплекс чора-тадбирларни амалга ошириш ва мунтазам равишда ҳудудий саноат ярмаркаларини ташкил этиш;

аниқ фактлар бўйича тегишли чора-тадбирлар кўриш учун оммавий ахборот воситаларида ва бошқа манбаларда, шу жумладан, жойнинг ўзига чиқиб жамоатчилик фикрини ўрганиш.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 31 майдаги «ijro.gov.uz» ижро интизоми идоралараро ягона электрон тизими самарали фаолият кўрсатишини таъминлашга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-5132-сонли қарори, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 йил 12 январдаги “Ижро интизомини мустаҳкамлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 12-сонли ҳамда 1999 йил 29 мартдаги “Ўзбекистон Республикаси давлат ҳокимияти ва бошқарув органларида иш юритиш ва ижро назоратини ташкил этиш бўйича норматив хужжатларни тасдиқлаш ҳақида”ги 140-сонли қарорларининг талаблари асосида иш ташкил этиш ва ижро интизомини мустаҳкамлаш.

ўз йўналишига тааллуқли муаммоли масалаларни ҳал этиш ҳамда соҳаларини ривожлантиришнинг истиқболли вазифаларини амалга ошириш юзасидан таклифлар ва аниқ чора-тадбирларни ишлаб чиқиш ҳамда ҳокимга тақдим этиш;

жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатларини “Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига мувофиқ кўриб чиқиш;

қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа вазифаларни ҳам бажаради.

1996-1997 yy. - Sirdaryo viloyati standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi operatori
1997-2002 yy. - Sirdaryo viloyat Guliston davlat universiteti talabasi
2002-2004 yy. - Sirdaryo viloyat “Etalon” zavodi direktorining iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2004-2005 yy. - Sirdaryo viloyat “Mirzacho‘l” ko‘chma mexanizasiyalashgan kalonnasi boshlig‘ining iqtisodiy  masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2005-2006 yy. - Sirdaryo viloyat Guliston shahar “Zamin Chashmasi” ishlab chiqarish firmasi direktori
2006-2007 yy. - Sirdaryo viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi yetakchi mutaxassisi
2007-2009 yy. - Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi bo‘lim boshlig‘i
2009-2011 yy. - Sirdaryo viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi
2011-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i
2015-2018 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Bahromjon Nur Savdo” xususiy korxonasi direktori
2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i
2019 y. -  h.v.  - Sirdaryo viloyati hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperasiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi

Tadbirlar taqvimi
Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish