Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat hamda tuman sektorlari rahbarlari, deputatlar, tuman faollari ishtirok etgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat rahbari sessiyadagi nutqida Sardoba tumanining salohiyati, sanoat ishlab chiqarish va yirik loyihalar tatbiq etish imkoniyatlari, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarga eʼtibor qaratib, tanqidiy tahlil qildi. Bundan keyingi vazifalarga, yechimini kutayotgan muammolarga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mirzayev Akmal Arziyevich nomzodi tuman hokimi lavozimiga tavsiya etildi.

A.Mirzayev 1971 yilda tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-moliyachi.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Deputatlar Akmal Mirzayev nomzodini tuman hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish