Ushbu xabarda fuqaro Oʻsarqul Abdusaidov tomonidan “Tashabbusni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligidan Guliston tumani moliya boʻlimiga 500,0 mln soʻm mablagʻ ajratilgan. Ammo shu kungacha tashabbus amalga oshirilmay kelmoqda.
Tashabbus gʻolib deb topilib, 500,0 million soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsada, qishlogʻimizni gaz bilan taʼminlash ishlariga panja ortidan qaralmoqda. Tuman hokimligi mansabdorlari turli bahonalar bilan loyiha ijrosiga toʻsqinlik qilmoqda. Shuningdek, ular mablagʻning sarflanishini nazorat qilish uchun qishloq fuqarolaridan vakillar ajratilishiga ham qarshilik qilmoqda. Bundan maqsadlari nima, bilmaymiz. Loyihani choʻntak firmalarga topshirib, mablagʻlarni talon-taroj qilishmoqchi shekilli. Murojaat qilmagan tashkilotimiz qolmadi”, - deya shikoyat qilinganligi koʻrsatilgan.
Guliston tumani hokimligi mazkur masalani oʻrganib chiqib, quyidagilarni maʼlum qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli Qarorida 2021-yil may oyidan boshlab tuman (shahar) larda, tegishli budjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish boʻyicha yangi tartibi bosqichma-bosqich joriy etildi.
2021-yil 1-iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar) lar byudjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining 30 foizi miqdorida “Tashabbusli budjet” jamgʻarmasiga oʻtkazilishi belgilangan.
Shu asosda 2021-yilda Guliston tumanining “Tashabbusli budjet” jamgʻarmasiga 999,7 million soʻm mablagʻ jamgʻarildi.
Qarorning 6-bandida “Ochiq budjet” portalida jamoatchilik tomonidan taklif qoldirish va ovoz berish jarayonini uslubiy, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda boshqarish belgilangan. Shunga koʻra, “OpenBudget” partali orqali fuqarolardan 84 ta taklif kelib tushgan boʻlib, shundan 13 nafar fuqaroning takliflari gʻolib deb topilgan.
Shunday takliflardan biri, Zarbdor mahallasi aholisi nomidan fuqaro Oʻ.Abdusaidov tomonidan qishloqning gaz tizimini yangilash tashabbuslari openbudget.uz saytiga joylashtirilib, 2021-yil sentabrida fuqarolar tomonidan bildirilgan tashabbus 308 kishi ovoz berishi natijasida gʻolib deb topilgan.
Ushbu taklif uchun belgilangan 500,0 million soʻm mablagʻ dastlab tashabbusli byudjet jamgʻarmasidan tegishli tartibda, yaʼni Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining 2021-yil 30-sentabrdagi VI-39-54-9-124-K/21-son qaroriga muvofiq Guliston tumani hokimligiga oʻtkazib berilgan. Keyinchalik, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktyabrdagi PF-6324-son Farmoniga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish organlarining xarajatlarini moliyalashtirish va kassa xarajatlarini amalga oshirish vakolati tuman hokimligidan tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga oʻtkazilganligi sababli Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining 2021-yil 22-dekabr VI -4394-9-124-K/21– sonli qaroriga asosan mazkur 500,0 million soʻm mablagʻi Guliston tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga oʻtkazilgan.
Tashabbus ijrosi boʻyicha qurilish-pudrat ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash yuzasidan Davlat xaridlari elektron portalida tanlov savdolarini oʻtkazish uchun eʼlon joylashtirilgan. Eʼlon boʻyicha obyektga tashrif buyurgan loyihachi tashkilotlarga fuqaro Oʻ.Abdusaidov tomonidan turli xil vajlar bilan faol qarshiliklar koʻrsatib kelinganligi natijasida mazkur elektron tanlovga qoʻyilgan loyiha boʻyicha tijorat takliflar kelib tushmagan.
Davlat xaridlarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi” Qonuniga asosan “Eng yaxshi takliflarni tanlash” yoʻli bilan loyiha eksperzitasini koʻrsatgan xolda Tovar xom ashyo birjasi elektron portaliga tanlov oʻtkazishdan kamida 7 ish kuni oldin buyurtmachi tomonidan eʼlon joylashtirilishi va muddat tugagach, pudratchi tashkilotlar oʻz taklif narxlarini elektron tarzda yuborishi, belgilangan tartibda tanlov (konkurs) oʻtganidan soʻng tanlov bayonnomasiga asosan pudrat shartnomasi rasmiylashtirilishi belgilangan.
Lekin, loyiha tashabbuskori fuqaro Oʻ.Abdusaidov tomonidan tuman hokimligi va tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga bir necha marotoba har xil vajlar bilan eʼtirozlar bildirilib, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda loyihani oʻziga tegishli boʻlgan “OʻSARFILM” MCHJ (STIR:309093718) orqali amalga oshirish maqsadida ajratilgan mablagʻni toʻgʻridan-toʻgʻri MCHJga oʻtkazib berilishini talab etib kelmoqda.
Bugungi kunda, Guliston tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan tashabbusda koʻrsatilgan loyihani amalga oshirish uchun “Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminot filialidan texnik shart olingan boʻlib, Davlat xaridlari boʻyicha Tovar xom ashyo birjasi elektron portaliga tanlov oʻtkazish uchun eʼlon joylashtirilgan. Loyiha qisqa muddatda “Davlat xaridlari toʻgʻisida”gi Qonunga muvofiq amalga oshirilishi taʼminlanadi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi