Ayni kunlarda viloyat hokimi o‘rinbosari Bobur Xudjamov boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko‘zda tutgan amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘lib turibdi.
Viloyatimiz vakillari tashrif dasturi doirasida bugun Fudzyan provinsiyasi Fudjou shahrida bo‘lib o‘tgan biznes forumida ishtirok etdi. Unda hukumat va 30 dan ziyod xitoylik ishbilarmon doira vakillari bilan “G2B” muzokaralari, “B2B” uchrashuvlari o‘tkazildi. Sirdaryo viloyatining iqtisodiy imkoniyati va investitsiya salohiyati taqdimot qilindi.
Forum yakunida Fudzyan shahrida Sirdaryo viloyati ofisini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki hudud tadbirkorlarini bog‘lash, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, eksportni rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishdan iborat.
Delegatsiyaning Xitoyga safari 7 dekabrga qadar davom etadi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi