Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayxunobodda moshni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi ish boshladi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “JINQUIUWANG” masʼuliyati cheklangan jamiyatida mosh mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash yo‘lga qo‘yildi.

Bir oyda esa 450-600 tonna dukkakli mahsulotlarni qayta ishlash, qadoqlash quvvatiga ega dastgohlar korxonaga Xitoy davlatidan keltirib, o‘rnatildi.  

– Zamonaviy texnologiya moshning rangi, tozaligi va katta-kichikligiga qarab qadoqlaydi, – deydi MCHJ ijrochi direktori Umid Karimov. – Yangi tashkil etilgan korxonamizda ayni paytda 20 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, kelgusida ishchilar sonini 60 nafarga yetkazishni reja qilganmiz.  

Xomashyo Sayxunobod hamda qo‘shni tumanlardagi fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va aholidan xarid qilinmoqda. Bunda mahsulotning naviga va sifatiga ahamiyat qaratilayotir. Boisi, moshning “Durdona”, “Marjon”, “G‘alaba-104”, “Navro‘z” kabi turlari boshqalariga qaraganda xaridorgir hisoblanadi.  

Qadoqlangan, sifat nazoratidan o‘tgan mahsulotlar Xitoy, Pokiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Niderlandiya, Turkiya, Koreya, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinadi.  

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish