Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo tumanida madaniyat markazi ochildi

Sirdaryo tumani Intilish mahallasidagi "Ziyo nur" madaniyat markazi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, madaniyat xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Unda so‘z olganlar madaniyat markazi hudud aholisining nafaqat madaniy hordiq chiqarishi, balki yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilishini alohida taʼkidlashdi.

Intilish hamda unga yondosh yana 5 ta mahallada yashovchi 15 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatuvchi ushbu maskanda 400 o‘rinli tomosha zali, to‘garaklar, maʼnaviyat va mashg‘ulot xonalari mavjud. Teatr, raqs, musiqa va estrada yo‘nalishlaridagi 6 to‘garaklarga qariyb 500 nafar yoshlar jalb etiladi.

Shuningdek, bu yerda Ozarbayjon milliy madaniyat markazi, "Bodom gullari" folklor etnografik xalq ansambli, "Gunesh" turk milliy estrada xalq ansambli, "Yoshlik” hamda “Do‘stlik” ashula va raqs xalq ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish