Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda "Eng maʼnaviyatli mahalla"lar qaysi?

Viloyatimiz bo‘ylab Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” o‘tkazilmoqda.

Festival doirasida aholi va yoshlar orasida kitobxonlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishga qaratilgan qator ijtimoiy loyihalar tashkil etilishi belgilangan.

Bugun ana shunday loyihalardan biri, “Eng maʼnaviyatli mahalla” tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bo‘lim boshlig‘i Jasurbek Boltayev O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmaljon Nuriddinov, Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayev, mahalla raislari ishtirok etdi.

Tanlovning birinchi bosqichi yakuniga ko‘ra, “Ahillik” (Guliston shahri), “Vatanparvar” (Shirin shahri), Z.M.Bobur (Yangiyer shahri), “Sarmich” (Boyovut tumani), “Ahillik” (Guliston tumani), “Navoiy” (Oqoltin tumani), “Yangiqishloq” (Sardoba tumani), “Paymard”, (Sayxunobod tumani), Ulug‘bek (Sirdaryo tumani) va “Mustaqillik” (Xovos tumani) mahallalari “Eng maʼnaviyatli mahalla” deb topildi.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, tanlovning asosiy shartlaridan biri sifatida mahallada kutubxonaning mavjudligi va undagi kitoblar soni, xonadonlardagi kutubxonlik muhiti inobatga olingan.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahallalar raislariga “Tashakkurnoma”, maxsus statuetka va kitoblar to‘plami uchun 10 million so‘mlik vaucherlar topshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish