Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xitoyning Baodin shahri bilan kambag‘allikni qisqartirish sohasida hamkorlik o‘rnatiladi
Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Xitoyning Xebey provinsiyasi Baodin shahar Szinsyu tumani partiya qo‘mitasi kotibi Szya Juyshen boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbatda davlat rahbarlarining saʼy-harakati bilan keyingi yillarda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida barcha sohalarda aloqalar mustahkamlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida tez fursatda qurilishi kutilayotgan “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li yuzasidan ham fikr almashildi.

Akmaljon Maxmudaliyev Szinsyu tumanining kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi tajribasini o‘rganishdan manfaatdor ekanini aytdi va Sirdaryoda ilk bor joriy qilinib, butun respublikada ommalashtirilayotgan "Sayxunobod tajribasi" xususida to‘xtaldi. Madaniy hamkorlikni faollashtirish, o‘zaro madaniyat kunlarini o‘tkazish taklif qilindi.

Ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tgan uchrashuvda, shuningdek, strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga qaratilgan qator yangi loyihalar, xususan, viloyatda multimodal logistika markazini qurish, “ZXAUTO” brendi ostida avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.

Muzokara yakunida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida tomonlar hukumatlararo ishchi guruh tuzish va birgalikda ish tashkil qilish bo‘yicha kelishib oldi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish