
Viloyat sog‘liqni saqlash tizimiga Respublikada birinchilardan bo‘lib joriy etilgan va aprobatsiyadan o‘tkazilgan Davlat tibbiy sug‘urta tizimi bosqichma-bosqich boshqa hududlarga ham joriy etilmoqda.
Hozirda, Sirdaryo tajribasi respublikamizning barcha tibbiyot xodimlari uchun katta maktab vazifasini o‘tamoqda. Shularni nazarda tutib samarqandlik tibbiyot xodimlari tajriba va mahorat almashish maqsadida Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi.
– Ular tashriflari doirasida Guliston shahar tibbiyot birlashmasidagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida bo‘ldi, – deydi shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Murod Ko‘paysinov. – Ularga, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi vakillari hamrohligida Sirdaryoda joriy etilgan Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari, uning nafaqat aholiga, soha xodimlariga ham afzal bo‘lgan jihatlari, shifokor, shifokor oldi xonasi, JSST mutaxassislarining tavsiyasi asosida tashkil etilgan profilaktika maktablari to‘g‘risida maʼlumot berdik. O‘ylaymanki, biz ularga taqdim etgan maʼlumotlar kelgusida Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash tizimida ko‘zda tutilgan davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etishda nihoyatda qo‘l keladi.
Muhimi, Gulistonda sirdaryolik va samarqandlik sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hamkorlik uchrashuvi ikki viloyat xodimlari uchun nihoyatda foydali bo‘ldi. Unda istiqboldagi rejalar muhokama etilib, davlat tibbiy sug‘urta mexanizmi bilan bog‘liq muammo va masalalarga yechim izlandi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi