Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
G‘oliblar aniqlandi

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa shartlariga ko‘ra jamoalar “Safda qo‘shiq aytish”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Mohir mergan”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Temur tuzuklari bilimdoni” hamda “Turnikda tortilish” kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda yoshlar nafaqat jamoaviy yutuq uchun, balki turli nominatsiyalar uchun kurash olib bordi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin Oqoltin tumani 2-umumtaʼlim maktabining “Shunqorlar” jamoasiga, ikkinchi o‘rin Mirzaobod tumanidagi 33-umumtaʼlim maktabining “Madadkor” jamoasiga, uchinchi o‘rin Sirdaryo tumanidagi 13-umumtaʼlim maktabining “Sheryurak” jamoasiga nasib etdi. 

G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom, kubok va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. 

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish