Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda chigit ekish boshlandi

Yurtimizda Navro‘z shukuhi kezayotgan ayni bahor kunlarida bugun Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlariga qizg‘in kirishildi.

Dastlab jonliq so‘yilib, dehqonlarning ishiga unum, el dasturxoniga to‘kinlik, yurtimizga tinchlik tilab, duolar qilindi.

Joriy yilda hududda jami 12 ming gektar maydonga chigit ekilib, sanoat uchun qimmatbaho xomashyo yetishtirish maqsad qilingan.

"Sardoba universal klaster" MCHJ dalasida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari, sektorlar rahbarlari, fermerlar, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari hamda nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali amaliy seminarda mavsum oldidan agrotexnik chora-tadbirlar belgilab olindi.

Soha mutaxassislari tomonidan chigitni maqbul muddatlarda, tez va sifatli ekib, undirib olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.  

Seminar doirasida yuqori hosildor chigit va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, kimyoviy o‘g‘itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish