Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyatimizda Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi

Bugun Guliston shahrida yasharish, yangilanish, mehr va oqibat ayyomi - Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xalq sayllari va viloyat bayram tadbiri o‘tkazildi.

Dastlab viloyat hokimi, viloyat sektorlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ko‘klam nafasi ufurib turgan maydonda tashkil etilgan hududlarning o‘ziga xos jihatlari namoyon etilgan bayram dekoratsiyalari, milliy hunarmandchilik buyumlari, bahoriy taomlar ko‘rgazmalarini ko‘zdan kechirdilar.

Tantanali bayram tadbirining badiiy qismida so‘z olgan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev bayram ishtirokchilarini, barcha viloyatimiz ahlini sharqona yangi yil – Navro‘z bayrami bilan samimiy qutladi.

O‘zgacha shukuh va ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida viloyatimizning el suygan sanʼatkorlari ijrosidagi diltortar taronalar, ko‘ngilochar dasturlar, shuningdek, badiiy havaskorlik va folklor jamoalarining chiqishlari barcha ishtirokchilarga birdek manzur bo‘ldi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish