Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayxunobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Sayxunobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Anvar Karimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilganligi maʼlum qilindi.

Viloyat hokimining Mullajanov Komiljon Xusan o‘g‘lini tuman hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Komiljon Mullajanov 1990-yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. 2012-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2017-yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “O‘zsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki bosh mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i, bankning Sirdaryo mintaqaviy filiali boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Bugungi tayinlovga qadar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Sessiya davomida, shuningdek, tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Xolikberdiyev G‘ayratjon Kaxramanovich tayinlangani eʼlon qilindi. U bungacha Oqoltin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari edi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish