Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyatda nasli yaxshilangan qoramollar ulushi 72,1 foizga yetkazildi

2023-yil davomida chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 72 ta loyiha amalga oshirildi. Loyihalar doirasida chetdan 12 ming 500 bosh qoramol, 11 ming 300 bosh qo‘y-echki olib kelindi. Buning natijasida viloyatda chorva mahsulotlari yetishtirish 106 foizga o‘sishiga erishildi.

Shuningdek, 16 yangi chorvachilik subyekti tashkil etilib, 500 dan ziyod doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari qayta tiklanuvchi energiyalardan samarali foydalanish maqsadida 5 ta chorvachilikka ixtisoslashgan yirik xo‘jaliklarda biogaz va biogomus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

2024-yilda chorvachilikka ixtisoslashgan Sardoba tumanida yirik chorvachilik klasteri tashkil etilishi belgilangan. Shu maqsadda ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun “Sardoba gold” MCHJga paxta-g‘alladan qisqartiriladigan yerlar hisobidan 187,1 gektar maydon ajratib berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish