Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Yurtimizda bahorning eng nafis, eng go‘zal bayrami shukuhi hukmron

Guliston shahridagi “Zomin” tantanalar majmuasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari va 500 nafardan ziyod faol xotin-qizlar qatnashdi.

Tantana ishtirokchilarini samimiy qutlagan viloyat hokimi, ularning timsolida bugungi kunda davlat xizmatida, tadbirkorlikda, farzand tarbiyasida, o‘qishda, qo‘yinki, hayotning har bir jabhasida faol bo‘lgan barcha xotin-qizlarga ezgu tilaklarini izhor etdi.

Yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida moʻtabar onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz hayotidan rozi bo‘lishlari uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, islohotlar samarasi har bir oila va inson hayotida yaqqol namoyon bo‘layotgani qayd etildi.

Ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligi, samarali mehnatlari uchun 13 nafar xotin-qizlarga “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Viloyat Maqomchilar ansambli, viloyat filarmoniyasi xonandalari, shuningdek, elimiz ardog‘idagi sanʼatkorlarning chiqishlari, qadrdon kuy-qo‘shiqlar, mumtoz raqslar bayram tadbiriga yana-da shukuh va fayz bag‘ishladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish