Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Seshanba – tadbirkorlar kuni

Guliston shahar hokimligi "Yoshlar markazi" binosida viloyat hokimi tadbirkorlarni qabul qildi.

O‘ttizga yaqin tadbirkor elektr taʼminoti, imtiyozli kredit, bo‘sh turgan binodan foydalanish va auksion savdolarida qatnashish, buzilishga tushgan obyektlar zararini qoplab berish kabi o‘zlarini qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida murojaat qildi. Ularning aksariyati ijobiy hal etildi. Ayrim chigal masalalarni joyida o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi har bir murojaatni eshitib, ko‘p hollarda hududiy hokimliklarining eʼtiborsizligi joyida hal etish imkoni bo‘lgan muammoni quyidan yuqorigacha ko‘tarilishiga olib kelayotganini taʼkidladi.

– Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan ayrim muammolar joyida hal etish lozim bo‘lgan masalalar, - dedi Akmaljon Maxmudaliyev. – Biroq quyi bo‘g‘indagi masʼullar hamon eskicha ishlash tizimidan voz kecholmayapti. Natijada tadbirkor sarson. Tadbirkorga hech qanday to‘siq bo‘lishi mumkin emas.

Shuning uchun joylardagi masʼullar vazifasiga chuqurroq yondashib, murojaatlar mazmuniga jiddiyroq eʼtibor qaratishi lozimligini bildirdi.

Qabul davomida, shuningdek, o‘nga yaqin fuqaroning ham murojaatlari tinglandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish