Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Azaliy anʼana - Qayirmaning o‘sish, rivojlanish asosi

Barchamiz yaxshi bilamiz, har bir mahallaning o‘z imkoniyatlari, anʼanalari, odamlarning xohish-istaklari bor.

Xovos tumanining eng chekka hududlaridan biri sanaladigan Qayirma qishlog‘i bir paytlar asosan uzumchilik, kartoshka va sarimsoqpiyoz yetishtirishga ixtisoslashgan, bu yerlik dehqonlarning mirishkorligi nafaqat tuman yoki viloyatga, balki butun mamlakatga dong‘ taratgan.

Biroq, bugungi kunda qayirmaliklar bu maqomni biroz boy berganday nazarimizda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalladagi 815 ta xonadonning har birida o‘rtacha 5-10 sotixdan ekin yeri mavjud. Tomorqalarning bor yo‘g‘i 30-35 foizidan samarali foydalanilmoqda. Ishsiz aholi soni 67 kishi.

Bugun viloyat hokimi ushbu mahallaga kelib, masʼullar bilan uchrashdi. Aholi tomorqalaridagi haqiqiy ahvolni o‘rgandi. Mahalla tizimi xodimlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsizligi aytildi.

Akmaljon Maxmudaliyev davlatimiz rahbarining saʼy-harakatlari bilan mahallalarga har qachongidan ko‘proq eʼtibor qaratilayotgan bir sharoitda hudud “yettiligi” o‘ziga berilgan vakolat va mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanib, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirmasa, ularni qo‘llab-quvvatlamasa, ertaga kech bo‘lishini taʼkidladi.

Masʼullar oldiga odamlarga zarur vositalar, ekin urug‘lari berish, kredit ajratish, yerdan bir necha marta hosil olishga, shu orqali daromad qilishga o‘rgatish, issiqxonalarni ko‘paytirish, mahallaning dehqonchilik borasidagi avvalgi maqomini tiklash va namunali hududga aylantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish