Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
«Maktab – ota-ona – mahalla» zanjiri — maktab taʼlimida yangicha yondashuv

Shu kunlarda Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Djurayev boshchiligidagi ishchi guruh maktablardagi muhit, taʼlim-tarbiya jarayonlari, davomat bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish maqsadida viloyatimizda bo‘lib turibdi.

Belgilangan rejaga muvofiq dastlab Guliston shahar hokimligi "Yoshlar markazi"da ishchi guruh aʼzolari, viloyat hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari, psixologlar va ota-onalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi, maktablardagi inspektor-psixologlar faoliyati, “Maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi masalasi muhokama etildi.

Bundan tashqari ishchi guruh hududlardagi qator maktablarda bo‘lib, o‘rganishlar olib bordi. O‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, "mahalla yettiligi" va faollar bilan suhbat qilindi.

Bugun esa, Guliston shahridagi 6-umumtaʼlim maktabida viloyatdagi barcha maktablar yuqori sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida videokonferensiya aloqa shaklida "Ota-onalar majlisi" tashkil qilindi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan majlisda taʼlim-tarbiya jarayonlarini uzviyligini taʼminlash, bunda ota-onalarning rolini yana-da oshirish, ularni maktab hayotiga faol jalb qilish xususida so‘z bordi. Yig‘ilganlarning bu boradagi takliflari tinglandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish