Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Hududlarda «Jaholatga qarshi – maʼrifat» targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlaridan iborat targ‘ibot guruhi ishtirokida Guliston shahri, Xovos va Guliston tumanlarida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda «Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik g‘oyalari tarannumi», «Yoshlarimizni yot oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalaridan himoya qilish» va «Yangi O‘zbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Shuningdek, «Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz» nomli film namoyish etildi.

Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan 50 nomdagi yangi kitob va risolalar taqdimot qilindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish