Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Yangiyer shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

O‘rganishlar davomida “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan turar-joylarni topshirilishi belgilangan muddatlardan kechikayotgani tanqid qilindi. Hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini qurishda salohiyatli loyihachi va pudratchi tashkilotlarni tanlash maqsadga muvofiqligi aytildi.

“Binokor” mahallasini "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida og‘ir hudud toifasidan chiqarish borasida qilinayotgan ishlar, "Mahalla yettiligi" va shahar mutasaddilari oldida turgan vazifalar muhokama etildi. Bunda tomorqalardan foydalanish samaradorligini oshirish va yangi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash birinchi galdagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi uqtirildi.

Akmaljon Maxmudaliyev, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda mamlakatimizda Prezidentimiz eʼtibori bilan taʼlim-tarbiya, sport, sanʼat, ilm-fan, ijod, xullas, barcha jabhalarda talaba-yoshlar taqdiri yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, davom etayotgan saʼy-harakatlar haqida so‘z bordi. Talabalar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oqibatlari xususida fikr almashildi.

Viloyat hokimi talabalarni xorijiy tillar va yangi texnologiyalarni chuqur o‘rganish, kasb-hunarli bo‘lishga chorladi. Shuning bilan birga, ularning ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish uchun ilm-fan va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilish zarurligini taʼkidladi. Samimiy va do‘stona ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarning taklif va tashabbuslari ham eshitildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish