Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
DXM filialida aholiga qulaylik yaratilmoqda

Xovos tumanining Qahramon mahallasida Davlat xizmatlari markazi filiali qayta jihozlanib, yangi ish rejimida ishlay boshladi.

Markaz filialining tantanali ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi.  

Qahramon mahallasida besh ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Tuman markazidan 35-40 km masofada joylashgan mahalladagi DXM filialida yon-atrofdagi Binokor, Bo‘ston, Paxtakor, Husnobod, Yangiyer mahallalari fuqarolariga ham xizmat ko‘rsatilmoqda.  

Bugunga qadar mazkur filialda 6 ta mahalla aholisi haftaning seshanba va juma kunlari davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega edi. Xovoslik fuqarolar endi o‘zlariga qulay vaqtda o‘z mahallasida ko‘rsatilayotgan xizmatdan foydalanishi mumkin. Maqsad  aholini ovora qilmaslik, fuqarolarga qulaylik yaratishdir. Filialga tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulaylik mavjud. Shinam xona, internetga ulangan kompyuter, davlat xizmatlari va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumot beruvchi axborot burchaklari va boshqalar shular jumlasidan. Aholi 100 dan ortiq davlat xizmatidan foydalanish imkoniga ega. Bu imkoniyatdan aholi juda mamnun bo‘ldi, – deydi “Paxtakor” MFY faoli K.Olimov.

Shu kuni filialda FHDYO bo‘limi tomonidan yosh oilaning nikohi ham qayd etildi. Shuningdek, “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 7 nafar xovoslik fuqaroga hujjatlar topshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish