Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Bahorgi dala ishlari oldidan texnikalar ko‘rikdan o‘tkazildi

Bugun viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Boyovut tumanida bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Tumanda bahorgi dala ishlariga 231 ta chopiq traktorlari, 115 ta chigit ekish seyalkalari, 1 488 dan ziyod tishli borona, 65 ta yer tekislagichlar, 109 ta chizel hamda boshqa turdagi texnika va agregatlar jalb qilinadi.

Mazkur texnikalar taʼmirlash uchun 3 ta hududda tashkil qilingan maxsus ustaxonalarga jamlangan.

Viloyat rahbari “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan ustaxonada injener-mexaniklar va fermerlar bilan suhbatlashdi. Yangi mavsum oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqib, viloyat va tuman masʼullariga ko‘rsatmalar berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish