Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Ulug‘ alloma siymosiga ehtirom

Nafaqat barcha turkiy xalqlar, balki jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri bo‘lgan Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng tantana qilinmoqda.

Cirdaryoda ushbu bayram tantanalari erta tongdan Alisher Navoiy nomidagi bilimdonlar maskanidan boshlandi. Viloyat hokimligi, qator tashkilot, idoralar jamoalari, taʼlim muassasalari, ijod ahli va keng jamoatchilik ishtirokida o‘tgan tadbirda ulug‘ alloma haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.

Shu yerning o‘zida ijodkorlar, yoshlar vakillari so‘zga chiqib, ulug‘ bobokalonimizning g‘azallaridan namunalar o‘qidilar.

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Navoiyning benazir shaxsiyati, bebaho adabiy merosi va ibratli hayot yo‘li haqida to‘xtalib, asarlarida ulug‘langan ezgu g‘oyalar xalqimiz, yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Bu kabi tadbirlar, mushoiralar, nazm va navo kechalari, adabiyot bayramlari viloyat bo‘ylab davom etadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish