Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Navbatdagi tadbirkorlar qabulida 30 dan ziyod murojaat ko‘rib chiqildi

Bugun Guliston shahar hokimligi "Yoshlar markazi" binosida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyevning tadbirkorlar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda prokuratura, soliq, viloyat boshqarma va tashkilotlari mutasaddilari, davlat va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida turli tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 26 nafar ishbilarmonlarning murojaatlari va takliflari tinglandi. Murojaatlarning salmoqli qismini kadastr, kredit, muhandislik tarmoqlari, soliq imtiyozlari va subsidiya ajratish masalalari tashkil etdi.

Murojaatlarning 7 tasi shu yerning o‘zida qanoatlantirildi, 5 tasini yechimi bo‘yicha muddatlar belgilandi, 8 tasiga masʼul tashkilotlar rahbarlari tomonidan huquqiy tushuntirish berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 6 ta murojaat nazoratga olindi.

Shuningdek, qabulga kelgan 10 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari ham mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish