Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston tumanida 180 o‘rinli bog‘cha foydalanishga topshirildi

Tumanning “Tajribakor” mahallasida joylashgan 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 2 milliard 226 million so‘m evaziga qayta rekonstruksiya qilindi. 180 o‘ringa mo‘ljallangan bog‘chada guruh va sanitariya-gigiyena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, alohida oshxona, umumiy ovqatlanish zali, musiqa zali o‘yin maydonchalari hamda yozgi ayvonchalar barpo etilgan.

Shuningdek, bolalar yoshiga mos bo‘lgan o‘yinlar va o‘yinchoqlar to‘plamlari, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur ko‘rgazma, tarqatma va didaktik materiallar, zamonaviy mebel jihozlari, maishiy texnika, oshxona jihozlari bilan taʼminlandi.

Muassasaning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi O‘lmasjon Mamadaminov, soha xodimlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bu yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish