Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Qo‘l jangi: viloyat hokimi kubogi kimga nasib etdi?

Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida kuch tuzilmalari xodimlari va professional sportchilar o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha "Hokim kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil qilingan bellashuvda viloyat DXX, ichki ishlar, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va bojxona boshqarmalari xodimlari to‘qqiz vazn toifasida o‘zaro bahs olib bordi.

Musobaqa yakunida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev keyingi yillarda mazkur sport turi viloyatimizda ancha rivojlangani va nufuzli musobaqalarda Sirdaryo sharafini himoya qilib, yuqori o‘rinlarga ega bo‘layotganlar soni oshayotganini taʼkidladi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar natijasiga ko‘ra:

62 kg vazn:

- "Shokirov 721 fight club" aʼzosi Qaynar Pardayev;

65 kg vazn:

- IIB vakili Javohir Tog‘aymurodov;

- Milliy gvardiya vakili Nodir Jo‘raqulov;

73 kg vazn:

- DXX vakili Asadbek Normurodov

- Milliy gvardiya vakili Islom Tursunqulov;

77 kg vazn:

- DXX vakili Asadbek Xolbo‘tayev;

80 kg vazn:

- DXX vakili Xusan Beldiqulov;

- IIV vakili Murodulla Abdullayev;

88 kg vazn:

- IIB vakili Aziz Anorboyev;

- Milliy gvardiya vakili Umar Alibekov;

97 kg vazn:

- IIB vakili Nursulton Seytmuratov;

- “Dinamo” klubi aʼzosi Mirjalol Uralov;

- "Shokirov 721 fight club" aʼzosi Ergash Nazarov;

+100 kg vazn:

- Milliy gvardiya vakili Eldor Xudoyberdiyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish