Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovichning davlat bojxona xizmati organlari xodimlari bayram tabrigi

Qadrli bojxona xodimlari!

Barchangizni 26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni hamda milliy bojxona xizmati tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Sizlar mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashda asosiy tayanch va himoyachilardan birisiz. Ishonchim komil, buni chuqur his etgan holda mashaqqatli va sharafli faoliyatingiz davomida bor bilim, malaka va kuch-g‘ayratingizni safarbar etasiz.

Bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, masʼuliyatli ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish