Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Yangi tayinlov

Karimov Oybek Abdunabiyevich — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

O. Karimov 1972-yilda Xovos tumanida tug‘ilgan. Guliston davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Faoliyati mobaynida davlat boshqaruvi organlarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining tegishli buyrug‘i asosida tayinlangan O. Karimov jamoatchilikka tanishtirildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Jovdatxon Inog‘omov ishtirok etib, Prezidentimizning tegishli farmon va qarori ijrosi, yangi tuzilma oldidagi vazifalar, mahalla yettiligi faoliyati, mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish