Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xitoyning o‘nga yaqin yirik kompaniya rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Xitoyga xizmat safari doirasida “Tiankeda (Tianjin) Science and Technology Park”, “Taitong International Transportation”, "Tianjin Kunpeng Information Technology", "Yangiyer Bio manufakturier", “Celco Innovation energy Technology” kompaniyalari va “Huazhn” qishloq xo‘jaligi loyihalarni boshqarish markazi rahbarlari, shuningdek, Davlat energetika guruhi Xalqaro energetika boshqarmasining tashqi savdo vakili Lo Ruyyun hamda Xitoy tadbirkorlarini O‘zbekistondagi vakili Tan Ping bilan uchrashdi.

Muloqotlarda sheriklik istiqbollar, shu jumladan, aqlli shahar, biologik o‘g‘itlar va preparatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, savdo va logistika, gidro elektr stansiyalar va biologistika markazini qurish, qoramol suyaklarini qayta ishlash kabi qator loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar davom etadi. Viloyat rahbari xitoylik hamkorlarni Sirdaryoga taklif qildi. Ularning viloyatimizga tashrifi doirasida shu va boshqa ko‘plab loyihalarning amaliy bosqichiga kirishiladi.

Bugun, shuningdek, “Dahua technology” kompaniyasi bilan "Xavfsiz shahar – xavfsiz hudud" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish