Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda ilk marotaba ko‘z to‘r pardasida lazer jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

Mazkur turdagi amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaz, markaz filial oftalmologlari tomonidan hamkorlikda amalga oshirildi.

"O‘ylab qaraydigan bo‘lsak, lazer jarrohlik amaliyoti ham, ko‘z sohasida amalga oshirilayotgan boshqa amaliyotlar kabi o‘ta murakkab hisoblanib, ko‘z to‘r parda ko‘chishi, shishasimon tana va to‘r pardaga qon quyilishi kabi holatlarni oldini olishda, nihoyatda qo‘l keladi. Biroq, ushbu turdagi, lazer jarrohlik amaliyotidan so‘ng, ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi birdaniga yaxshilanmaydi. Ammo, lekin, yaxshi bo‘lish uchun, maʼlum bir vaqt mobaynida buyurilgan dorilardan o‘z vaqtida foydalanilib turishga, baʼzi bir cheklovlarga rioya etishga to‘g‘ri keladi", — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali direktori, oliy toifali, oftalmolog shifokori Rasul Karimov.

Buning uchun, eng avvalo, issiq hammom va saunaga tushmaslik, spirtli ichimliklar qabul qilmaslik, 3 kg dan oshiq yuk ko‘tarmaslik, jismoniy zo‘riqish va sport bilan shug‘ullanmaslik, boshni tezkor harakatlantirmaslik, kompyuter, telefon va televizor ko‘rishdan cheklanish, gaz plitasi, tandir, o‘choq va issiq pechlar oldiga yaqinlashishdan ehtiyot bo‘lish lozim. Ana shundagina, lazer jarrohlik amaliyotdan keyingi asoratlar xavfi va tiklanish davri qisqaradi.

Ushbu turdagi, lazer jarrohlik amaliyoti Sirdaryoda ko‘z to‘r pardasida muammosi bor, yuqori texnologik amaliyotga muhtoj bo‘lgan, 25 nafar fuqaroda muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish