Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Sirdaryo —Baxt” aylanma yo‘li quriladi

O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Saudiya Arabistonining «AL BAWAN» va “SAJCO” kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda «Toshkent — Termiz» yo‘nalishidagi M-39 avtomobil yo‘lida umumiy uzunligi 38 km bo‘lgan «Sirdaryo — Baxt» aylanma yo‘lini qurish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Qayd etish kerakki, yo‘l qurilishi sohasida faoliyat olib boruvchi har ikkala kompaniya moliya, yo‘l qurilishini loyihalashtirish, asbob-uskunalar ishlab chiqarish, suv to‘g‘onlari, kasalxona va aeroport qurilishi kabi bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, «AL BAWAN» qurilish kompaniyasi o‘z faoliyatini 1991 yilda boshlagan va 250 dan ortiq katta loyihalarni amalga oshirgan. Hozirda 10 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun mahalliy infratuzilmani o‘rganish nihoyatda muhim. Shu bois xorijiy hamkorlar Sirdaryoga kelib, quriladigan obyekt loyihasi va hudud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish