Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda Xitoy tajribasi asosida sholining maxsus navlari yaratiladi

O‘zbekiston Bosh konsulligi ko‘magi bilan viloyat hokimi o‘rinbosari Baxodir Botirov Xitoyning BGI kompaniyasi vakillari bilan onlayn muloqot qildi. Unda Xitoy tajribasi asosida mamlakatimiz iqlimiga mos sholi va boshqa ekinlarning maxsus navlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama etildi.

BGI vitse-prezidenti Terens Sion taʼkidlashicha, kompaniya mutaxassislari tomonidan sholining maxsus navi Guandun va Guansi provinsiyalarida sinovdan o‘tkazilgan. Tajribada yuqori hosildorlik bilan birga suv hamda ishchi kuchini tejash borasida yaxshi natijalarga erishilgan.

Muloqot davomida, shuningdek, ushbu maxsus nav Osiyoning janubiy mamlakatlarida ham sinovdan o‘tkazilishi maʼlum qilindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish