Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Maktabda zamonaviy kutubxona ochildi

Kitob insonni kamolotga eltuvchi mayoqdir. Kitob qalbni tarbiyalabgina qolmay, inson tafakkuri va dunyoqarashining yuksalishiga ham beminnat xizmat qiladi.

Shu o‘rinda o‘sib kelayotgan yosh avlodni kitob mutolaasiga chorlash va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish,ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ilm-maʼrifatini yana-da boyitish maqsadida Yangiyer shahrida joylashgan 7-sonli umumtaʼlim maktabida zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan yangi kutubxona ochildi. 

Shahar xokimligining tashabbusi va homiyligida 150 million so‘m mablag‘ evaziga tashkil etilgan mazkur axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar uchun barcha qulay shart-sharoit yaratilgan bo‘lib, zamonaviy kompyuter va jihozlar bilan ham taʼminlangan. 

–Uch mingdan ziyod kitob fondiga ega bo‘lgan ushbu ziyo maskani yangi yilning ilk kunlarida maktab jamoasi va o‘quvchilar uchun munosib tuhfa bo‘ldi, – deydi viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Xudoyqulov. – Mazkur kutubxona fondi barcha sohaga oid adabiyotlar, kitobxonlar bilim saviyasini oshiradigan to‘plamlar bilan boyitilganligi bilan ham ahamiyatlidir. 

Yosh kitobxonlar uchun tashkil etilgan ushbu ziyo maskani ularning sevimli maskaniga aylanishiga ishonamiz. 

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish