Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo yoshlar texnoparki BMT kengashi huzuridagi IASP tashkilotiga aʼzo bo‘ldi

Sirdaryo viloyati yoshlar texnoparkiga BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi huzuridagi maxsus maslahat maqomidagi tashkilot — "International Association of Science Parks and Areas of Innovation" (IASP)ning rasmiy aʼzosi maqomi berildi. Bu haqda texnopark direktori Bahodir Qo‘shiyev maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, mazkur aʼzolik sifat muhri bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab sanoatning yetakchi ilm-fan va texnologiya parklari, innovatsiya sohalarini birlashtiruvchi tarmoqda rasmiy vakillik huquqini beradi.

Shuningdek, IASPning global tadbirlarida oflayn hamda onlayn ishtirok etish va nufuzli delegatlar orqali yutuqlar, takliflarni xalqaro darajalarga olib chiqish imkoniyatini taqdim etadi. Xalqaro texnologik parklar bilan qo‘shma loyihalar qilish uchun ko‘prik vazifasini ham o‘taydi.

Maʼlumot o‘rnida, bugungi kunda 81 ta davlat texnoparklari IASPning rasmiy aʼzosi hisoblanadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish