Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyatda chiqindi xizmatlari uchun yangi tariflar belgilandi

Viloyat hokimining tegishli qarori bilan viloyat hududida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi.

Unga ko‘ra, 2024 yil 5 yanvardan boshlab tariflar quyidagicha bo‘ladi:

➖jismoniy shaxslar uchun (1 kishi oylik) 4 000 so‘m;

➖yuridik shaxslar uchun 81 000 so‘m (QQS bilan).

Tizim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida to‘lov tariflariga bevosita taʼsir ko‘rsatuvchi asosiy omillar — ish haqi, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv, gaz, benzin, dizel yoqilg‘isi narxi oshgan.

Biroq qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov tariflari oxirgi 6 yil davomida qayta ko‘rib chiqilmaganligi natijasida sanitar tozalash korxonalarining moliyaviy holatiga salbiy taʼsir ko‘rsatgan. Bu ularning rentabellik darajasi pasayib ketishiga olib kelgan.

Maʼlumot uchun, viloyatda chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha tariflar oxirgi marta 2019 yil fevralda oshirilgan edi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish