Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
O‘zbekiston-Koreya: mustahkam do‘stlik va alohida strategik sheriklik — viloyat delegatsiyasining bir kuni

Xabar qilinganidek, ayni kunlarda Koreya Respublikasida bo‘lib turgan Sirdaryo viloyati delegatsiyasi tashrif dasturi doirasida "DHMT Global" korporatsiyasi prezidenti Tae Suk Lee bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokara yakunida Mirzaobod tumanida “Komt” brendi ostida elektronika va mikro-elektronika yo‘nalishida korxona barpo etish bo‘yicha investitsion kelishuvga erishildi. Taʼkidlanishicha, qurilish ishlari 2024 yil fevraldan iyul oyiga qadar davom etadi. Ishlab chiqarish jarayonlariga 3 nafar koreyalik tajribali ekspert va mahalliy mutaxassislar jalb qilinadi. Shuningdek, korxonaning o‘zida ishsiz yoshlar servis xizmatiga o‘qitiladi. Mahsulotlarni to‘liq eksportga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

"Evervolution So." kompaniyasi direktori Jung Tae Keun bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Guliston tumanidagi foydalanilmay turgan va o‘zlashtiriladigan yerlarda Koreya tajribasi asosida loyiha qiymati 12 mln dollarlik yangi zamonaviy intensiv gilos bog‘i yaratish bo‘yicha memorandum imzolandi. Viloyatda yetishtirilayotgan meva va sabzavotlarning sifati juda yuqori ekanini, biroq ularni qayta ishlash orqali taniqli brend yaratmasdan turib xalqaro bozorlarda muqim joy olish oson bo‘lmasligini qayd etgan koreyalik ishbilarmonlar, bu borada ham o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanliklarini taʼkidlashdi.

Bugungi kunda Koreyaning eng ilg‘or oliygohlaridan biri bo‘lgan, dunyoning 76 ta mamlakatidan kelgan 2 000 nafardan ziyod xorijlik talabalarga ham ilm berayotgan "Sun moon" universiteti prezidenti Seon Ju Xvan hamda universitet ilmiy jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyatimiz iqtisodiyoti va sanoat tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

So‘ngi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ilm-fan va taʼlim rivoji davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani eng to‘g‘ri yo‘l ekanini eʼtirof etgan Seon Ju Xvan hamkorlik aloqalarini “Chungnam-Markaziy Osiyo mintaqaviy innovatsion isteʼdodlarni rivojlantirish loyihasi”ning davomi sifatida kengaytirishga tayyorligini aytdi.

Viloyatimizda "Sun moon" universiteti taʼlim standartlari asosida kadrlar tayyorlash, koreyalik professor-o‘qituvchilarni Sirdaryoga jalb qilish, birgalikda ilmiy forumlar tashkil etib borish, qo‘shma tadqiqot va ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda hamkorlik kelishuviga erishildi.

Shu yerning o‘zida Chunchonnam-do provinsiyasi rasmiylari va 16 ta faol kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes forumi ham tashkillashtirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish