«Yil ayoli» milliy tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etgan 37 nafar ayolning barchasi iqtidor, mahorat, keng dunyoqarash va ijtimoiy faollik jihatidan hakamlar hayʼatida katta taassurot qoldirdi. Qatnashchilar 3 shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi ishtirok etdi. Akmaljon Maxmudaliyev tanlov qatnashchilariga omad tilar ekan, xotin-qizlarning oiladagi, jamiyatdagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi. Ularga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida ayollar erishayotgan yutuqlar eʼtirof etildi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, Shirin shahridagi "Sirdaryo IES" AJ laboranti Dilfuza Ruzikulova 1-o‘rinni, Guliston shahridagi olimpiya va paralimpiya markazi murabbiysi Lobargul Mirzaxodjayeva 2-o‘rinni, Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi, uy bekasi Shoira Alimuxamedova 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 11 nafar faol ishtirokchi belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha sovrindor bo‘ldi.
Bundan tashqari, «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining g‘oliblari ham aniqlandi.
«Gender tenglikni taʼminlashda eng faol davlat organi» — Guliston shahar AT Xalq banki;
«Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hokimlik» — Sardoba tumani hokimligi;
«Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tashkilot» — “Nurli maskan” maktab-internati;
«Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT» — Guliston shahridagi “Academy of psyxology” MCHJ;
«Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti» — Mirzaobod tumanidagi “Guliston Golden Yarn” MCHJ;
«Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi Tv dastur» — “O‘zbekiston” telekanalining Sirdaryo viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri Ishonxonov Azizxon Alixanovich;
«Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan internetdagi eng yaxshi veb-sayt» — Xovos tumani hokimligi sayti.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi