Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev xitoylik sarmoyadorlar tomonidan taʼsis etilgan “Mailefu” xorijiy korxonasi rahbari Dong Feng bilan uchrashdi.
Korxona Guliston tumani Chortoq mahallasida yirik parrandachilik kompleksi qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Qo‘shimchasiga yem ishlab chiqarish zavodini o‘z ichiga olgan ushbu loyiha uchun investor 10 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritadi. Taʼkidlanishicha, kelgusida don mahsulotlarini qayta ishlab, Xitoyga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Dastlabki bosqichida 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Muloqot chog‘ida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda imkoniyatlari muhokama qilindi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi