Bilamizki, yod tanqisligi ruhiy va aqliy qobiliyatlarning buzilishiga, intellektni pasayishiga, buqoq rivojlanishiga, qalqonsimon bezning ishdan chiqishiga, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining sekinlashishiga, qolaversa, homilador ona qornidagi homilani shakllanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
Yurtimizda, shu va shunga o‘xshash holatlarni oldini olish, bolalar va onalarni yod preparatlari bilan bepul va o‘zliksiz taʼminlash maqsadida O‘zbekistonda "Yorqin millat" dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar boshlangan edi.
Sardoba tumanida sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda tuman prokuraturasi tashabbusi bilan tashkil etilgan yod tanqisligi, uni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirida yod preparatlari, undan samarali foydalanish yo‘llari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Guliston tibbiyot klasteri, uning endokrinologiya bo‘limi mutaxassislari ham jalb etilib, yod yetishmovchiligi sabab kelib chiqishi mumkin bo‘lgan inson organizmidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida, so‘ngra ushbu o‘zgarishlarni oldini olish uchun tavsiya etilgan yod preparatlari, uni qabul qilish dozalari to‘g‘risida mahim tavsiyalar berildi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi