









Sirdaryo tumanidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda harbiylar va ularning oila aʼzolari uchun 12 xonadonli yangi ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev so‘zga chiqib, to‘planganlarni bugungi quvonchli kun bilan tabrikladi va harbiy xizmatchilarga xonadon kalitlarini topshirdi. Shuningdek, 5 nafar harbiy xizmatchilarining farzandlariga kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berildi.
Mehmonlar xonadonlardagi sharoitlari bilan ham tanishishdi. Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan, ikki xonadan iborat bo‘lgan bu uylarda harbiy xizmatchilarning farovon turmush kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgani eʼtirof etildi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi