Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston shahrida talabalar shousi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzosi bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning isteʼdodlarini yuzaga chiqarish maqsadida o‘tkazilayotgan “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostidagi talabalar shousining navbatdagi manzili Guliston shahridagi istirohat bog‘i bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev yoshlarning o‘qib, puxta bilim olishi, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligini taʼkidladi. Shuningdek, talaba yoshlarning o‘qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, Yangi O‘zbekiston bunyodkori va Uchinchi renessans davrining qahramonlari bo‘lgan talabalarni shu ulug‘ Vatanga munosib farzand bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan 34 nafar talabaga to‘lov-shartnoma pulining 35 foizini to‘lab berish uchun vaucherlar topshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish