







Unga viloyatning 11 ta shahar va tumanidagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, muqim ish joyiga ega bo‘lmagan yoshlar jalb qilingan bo‘lib, yig‘inning dastlabki kunida ishtirokchilar tantanali kutib olindi va o‘z qiziqishlariga ko‘ra 4 guruhga - "Yosh tadbirkorlar", "Yosh IT dasturchilar" "Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi" hamda "Yosh duradgorlar" guruhlariga bo‘lindi.
Bugun esa o‘quv yig‘inning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Akmaljon Maxmudaliyev hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfuddinovlar ishtirok etib, mazkur harbiy-vatanparvarlik yig‘ini yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini, maʼnaviyati va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlashda, ayniqsa, ularni kasbga yo‘naltirishda muhim omil bo‘lishini taʼkidladilar.
Tadbir davomida yig‘ilganlarga teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, sportchilar va harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlarini o‘z ichiga olgan madaniy dastur namoyish etildi.
O‘n kunlik harbiy-o‘quv yig‘ini davomida nafaqat nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, balki minifutbol, harbiy estafeta, milliy kurash va stol tennisi sport musobaqalari, shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi