







Rishton tumani azaldan usta hunarmandlari, mohir kulollari bilan mashhur. Ayni kunlarda bu anʼanalar yana-da sayqal topib, davom etmoqda. Viloyat hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva boshchiligidagi mehmonlar Muhayyo Sattorova, Ravshan Tojiddinov, Shokirjon Ahmadjonovlar faoliyat yuritayotgan hunarmandchilik markazlarida bo‘ldi. Ularning ish faoliyati, mahsulot ko‘rgazmalari bilan tanishdilar.
Bugungi kunda kulollar tomonidan 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, serjilo kulolchilik mahsulotlari Osiyo va Yevropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Viloyatimiz vakillari Marg‘ilon shahrida bo‘lib, “Orolbo‘yi” va «Chorchinor» mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga kiritilgan, ayni damda o‘z tadbirkorligini boshlab olgan hunarmandlar xonadonida bo‘lishdi.
Dang‘ara tumanida tadbirkorlik, hunarmandchilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar anchagina. Sirdaryolik ayollar oilaviy ishlab chiqarish korxonalarida ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xaridorgirligi xususida suhbatlashdi. Ularning turmush tarzlari va oilaviy qadriyatlari bilan tanishish maqsadida xonadonlarda mehmonda bo‘ldi.
Farg‘onaning aksariyat mahallalarida tomorqachilik oila daromadining muhim asosi hisoblanadi. Ular kaftdek yerdan oqilona foydalanib, to‘rt faslda turli sabzavotlar yetishtirmoqda. Mehmonlar tumanlardagi mirishkor oilalarning tomorqachilikdagi ish uslubi bilan tanishish barobarida zarur maslahatlar oldi.
Qo‘qon shahrida ham milliy hunarmandchilikning katta maktabi bor. Sirdaryoliklar “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi hunarmand Saodatxon Jo‘rayeva xonadoni va kundalik ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
- “Temiryo‘lchi” mahallasida istiqomat qilayotgan, oddiy metalldan zargarlik buyumlari yasovchi faxriy hunarmand Hikmatoy aya G‘iyosova xonadonida tashkil etilgan mahorat darsi zargarlikning biz bilmagan sir-sinoatlaridan saboq bo‘ldi, - deydi yangiyerlik Gulmira Mamatqulova.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi