









Shu munosabat bilan faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr musiqa sadolari ostida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev, hududdagi harbiy tuzilmalar va huquq-tartibot idoralari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘lib, Vatanimiz tinchligi va farovon hayotimiz namunasiga samimiy hurmat bajo keltirildi.
Shundan so‘ng viloyat musiqali drama teatrida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda so‘z olgan viloyat rahbari Akmaljon Maxmudaliyev harbiylarni bayram bilan muborakbod etib, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan milliy armiyamiz jangovar salohiyati, mudofaa qudrati tobora yuksalib borayotgani, harbiy xizmatchilar uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligini taʼkidladi. O‘z hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek sharafli ishga bag‘ishlagan, kuni kecha davlat mukofoti bilan taqdirlangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Ilyas Rasulov hamda Sirdaryo tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi smena boshlig‘i Ravshan Xolikovning mashaqqatli faoliyatini alohida eʼtirof etdi.
Shuningdek, namunali faoliyat olib borayotgan bir guruh harbiylar hamda Qurolli kuchlar faxriylari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbirda mustaqilligimiz, jonajon O‘zbekistonimiz, xotirjam va osuda kunlarimiz, jamiyatimizdagi hamjihatlik, ahillikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi